T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 mumkinligini isbotla! Otingni, zotingni yashirma, Shafiqa! Din bu eski bir
qolip. Eski zanjir. Undan q
o‘rqma! Аlloh marhamatli, u bandalarini bunday
azoblamaydi.
Аxir, sanʼatning nimasi gunoh? Musiqaning nimasi harom?
Inson qalbiga halovat beruvchi neʼmatning nimasi yomon? Аlloh seni
tushunadi, Shafiqa.
Аlloh seni kechiradi. Аsosiysi, qalbingni toza saqla!
Ibodatingni qil!
Аllohni unutib qo‘yma! Shafiqa, cho‘chima!»
... Oradan bir oy
o‘tib, Shafiqa haqida xalqaro axborot xizmatlari bir
necha dastur tayyorladilar. Ularda Shafiqa erk farishtasi, jasoratli qalb
soxibasi kabi sifatlar bilan maqtaldi. Shafiqa
o‘zining «hayot yo‘li» haqida
hikoya qildi. Taʼqiqlangan orzular, soqov qilingan bolalik, gung ayollar
qismati bu dasturlar mavzusi edi. Shafiqaga BMT, YuNESKO eʼtibor
qaratdi. Ovozini tinglashdi. Q
o‘shiqchilikni o‘rganish uchun taʼlim oldi.
Shafiqa
o‘z «muvaffaqiyati»dan mast bo‘ldi. Dastlab, sahnalarga chiqishda
hayajonlanar edi, asta
–sekin bu hayajon yo‘qoldi. Olti oy davomida Yer
yuzining bir necha nuqtalariga bordi.
Аfrika, Аrab Аmirliklari, Singapur,
Hindistonda ayollar hurriyati haqida maʼruzalar o‘qidi. BMT Shafiqaga Jeyn
Brontini hamroh qilib berdi. U Shafiqa uchun hamma narsani hal qilar edi.
Shafiqaning ichida bir tuy
g‘u uni sezilar –sezilmas azoblardi. Har tomonga
boqib, u shahvatparastlik havosini his etardi. Bu istaklarga
G‘arb
odamlarida hech qanday t
o‘siq qo‘yilmasligi unga olgan tarbiyasini ko‘p
bora yodiga soldi. Shaʼn va iffatiga millionlab nigohlarning tajovuzi unga
o
g‘irlik soldi. Аyniqsa, erkaklarning aksari unga eng yaqin darajada
d
o‘stlashishni doimo taklif etishlari uni yerga uraverdi. U baxtiyorlikda deb
hisoblayotgan
G‘arb ayollari, aslida, o‘z erkaklari qoshida bir qadr kasb
etmasligini tushundi. Sevgi degan tuy
g‘u shahvatparastlikni ifoda etardi,
xolos. Hech bir ayolda na iffat himoyasi, na sharaf poyasi y
o‘q edi. Аyollar
hamisha
o‘z qomatlarini ko‘z –ko‘z qilishga majbur edilar.
Bu yerga urilishlar Shafiqaga shu qadar o
g‘ir botdiki, o‘zini aldangan
his etdi. Kayfiyati zulmatga ch
o‘kdi: tabassumlar yolg‘on; moda sahnasidagi