T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 uchun ishlaydi, biroq
o‘zi buni bilmaydi. Din taʼqiqda. Musulmonlar ham
qora mehnatdan bosh k
o‘tarmaydilar. Na ilm, na irfonni bilmaslar!
Oriflarning ba
g‘ri qon. Zaiflik ila Аllohga duo etishdan bo‘lak ilojimiz
qolmadi. Koshki, duo qilsaydik! Meni eng q
o‘rqitgani shuki, xalq hurriyat,
erk neligini mutlaqo unutdimi ekan!
Butun Turkiston
o‘z nomini qo‘yib, o‘z Robbisini esdan chiqarib,
bosqinchi
o‘risga hamd aytadi, Lenin atalmish tog‘utni zikr etadi. Butun
millat ruhi
o‘ldirilgan, fikratsiz qoldirilgan qullar to‘dasiga evrilmish, go‘yo!
Аlloh o‘z hikmati va marhamati ila bu diyorga Islom neʼmatini qaytarmasa,
hurriyat nafasini yetkazmasa, chiqib b
o‘lmas botqoqqa cho‘kdik.
Shermuhammadbek boshini egib, chehrasi t
o‘la mung, Ibrohim
Yorqinni tinglardi.
– Sharqiy Turkiston esa Xitoy changalida qoldi, beyim, – deb davom
etdi Ibrohim.
– Uyg‘ur xalqi -da, boshidan oyog‘iga qadar kishanband
etilmish.
O‘lik singari yotgan millatni uyg‘otishdan ojiz bo‘ldik. Bir inson
y
o‘qki, bu Dardni anglasa, idrok etsa! Yo‘q, barcha odamlar o‘z jonlari
qay
g‘usidan bo‘yinlariga bo‘yinturuq kiyishga rozi bo‘lgan jonivorlarni
eslatadi. Baʼzilar burunlaridan halqa o‘tkazib, dushmanga jilovlarini
tutqazdilar. Yer yuzini titratgan millat bugun darbadar bir olomon b
o‘ldi. O‘z
oyo
g‘i ostidan narini ko‘rmaydi. Dushmanlar esa och shoqolday bu
muborak
o‘lkani tishlab ikki tomonga tortib, parchalab tashladilar. Biz esa
hamon
o‘zimiz bilan xusumatlashamiz. Ibrohim gapirarkan, ko‘zidan yosh
chiqib ketdi. Ehson hakim, Shermuhammadbek ham sukut saqlar edilar.
– Yo‘lda afg‘onistonlik o‘zbeklarni ko‘rdim, – Ibrohim yo‘ldagi hodisani
esladi.
– Ular sahroda kofirlarni talab yurishibdi. Ularning aytishicha,
Аfg‘onga o‘ris qo‘shin kiritish arafasida ekan. Аfg‘on katta jang maydoni
b
o‘ladi, yurtni kofirga bermaymiz deyishdi.
– InshaАlloh, – dedilar ikki mo‘ysafid bir vaqtda.