T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 – dedim. Ochig‘i, chiroyli gapira olmasdim. – Kim yana shunday ish
qilsa, shariatga k
o‘ra qo‘lini kesaman, kerak bo‘lsa, boshini uzaman. Biz
Xudo y
o‘lida xalq himoyasiga chiqdik. Bu kofirga qarshi g‘azovot deyiladi.
Q
o‘rqmanglar, kofirni yurtdan quvamiz! Musulmonlar! Unutib qo‘ymang,
Xudo Bir, Rasul Barhaq!
Odamlar tarqaldi. Mening kayfiyatim y
o‘q edi. Qizillar bu yerdan
yigirma chaqirim nariga joylashayotganini eshitib, yigitlarim bilan
ketarkanman, imomning s
o‘zlarini hamon hazm etolmasdim. Jigarim, bu biz
ichida b
o‘lgan muammolarning eng maydasi edi. Lashkarni boshqarish,
lashkar ichidagi nizoni hal etish, taʼminot, kofirdan qaytarib olingan
hududlarni saqlab qolish, asosiysi, lashkarning ruhiyatini k
o‘tarib turish kabi
ishlarning cheki y
o‘q edi. Yigitlarim ko‘paydi. Ikki mingdan oshganimizdan
s
o‘ng, Ergash qo‘rboshi maslahat soldi, lashkarimizni Islom lashkari deb
eʼlon qildik. Harbiy tayyorgarligimiz baribir sust edi. Yigitlarning qoni
qaynoq, biroq k
o‘pi hayot ko‘rmagan, shijoati bor, tajribasi yo‘q. Kalta
o‘ylaydi. Baʼzilari bilib –bilmay xatolar qildi. Kofirni vodiydan
uloqtirganimizda ularning sarkardalari sulh taklifi bilan chiqdi. Bu hol
obr
o‘mizni oshirib yubordi. Safimizga odam oqib keldi, afsuski,
kelayotganlarni tekshirishga, ular bilan batafsil suhbatlashishga vaqt ham,
imkon ham, olimlarimiz ham y
o‘q edi. Haftiyak o‘qigan, So‘fi Olloyorni
yodlaganlarni lashkar ichidan toptirdim. Yigitlar ibodatga mustahkam
turishlari shartligini tushuntirdim. Har xil gunohlardan qaytish kerakligini
uqtirdim. Sonimiz k
o‘paydi, sifatimiz oshmadi. Ergash, Madaminbek va
menda umumiy hisobda
o‘n besh minggacha qo‘shin yig‘ilgani aniq
yodimda. Uchovimiz ham biroz havolandik. Ergashni amirulmuslimin deb
tan olsak -da, ichimizdan unga b
o‘ysumaganimizni bilaman. Ergash ham
buni sezib yurardi. Lashkar ham bundan ogoh edi. Hozirgi aqlim
o‘shanda
b
o‘lganida edi hammani Ergashga majburlab itoat qildirgan bo‘lardim.
Itoatsizlarni
o‘ldirib, butun vodiyda temir intizom joriy etardim. Biroz ilmimiz,