T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 tashlab q
o‘yishibdi. Bu yigit shu tunda o‘g‘irlik ustida ushlanibdi. Ilk
mahkama. Xalq ilk daʼfa dardini aytib qoshimda turibdi. El orasida
q
o‘rboshilar, mujohidlar haqida ko‘p gap tarqalgan. Endi adolat lozim.
Qishloq odamlari juda sodda, yoshi ulu
g‘laridan biri menga vaziyatni
tushuntira ketdi:
– Bek, qishloqlarimizda o‘g‘irlik bo‘lmas edi. Kofir keldi – o‘g‘irlik keldi.
K
o‘z oldimizda muloyim odamlar bolshovoyman deb, quturib ketdi. Olti oy
ularning q
o‘lida qoldik. Hammaning molini tortib oldi. Birovning dodini birov
tinglamay
q
o‘ydi. O‘g‘irlik ham boshlandi, beadablik boshlandi.
Yoshlarimizni baz
o‘r ushlab o‘tiribmiz. Siz bu qo‘li egrilarni shariat bilan
jazolang, hammaga ibrat b
o‘lsin.
Cholni tinglay turib, hukmni men bera olmasligimni esladim. Menda
ilm b
o‘lmasa! To‘g‘ri, Qurʼondan bir necha porani yod olganman. So‘fi
Olloyorni
o‘qiganman, lekin qozi emasman-ku!
– Qozi bormi? – so‘radim qariyadan.
– Kofir hujumi boshlangan qozimiz hammadan avval hijrat qilishdi.
Chunki bolshovoylar qozilarni avval
o‘ldirishayotgan ekan. Qozimiz shu
muzofotning chorak qismiga masʼul edi, – javob berdi chol.
– Imom bormi? – so‘radim yana.
– Qishloqda bir imom bor.
U kishi masjiddan chiqmaydi. Kofirlar imom bilan rosa gaplashishibdi.
– Chaqiringlar imomni, – buyurdim.
Imom yoshi qirqlardagi chuvakkina kishi ekan. B
o‘yi pakana, ko‘sa,
qandaydir q
o‘rqinchi borday tuyuldi.
– Keling, mulla, – deb uni ichkariga taklif qildim. Imom egilib salom
berdi, ikki q
o‘llab so‘rashib, ichkariga yugurib kirdi. Men undan so‘radim.
– Qaerda o‘qigansiz, mulla buva?
– Buxoroi sharifda tahsil ko‘rganmiz, – dedi imom.