T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
– Urmang! Urmang! Tan olaman, urmang, – deb yig‘lamsirab 
alahlardi. 
Аlahlaganda esa ovozi shivirlab chiqardi. 
Аbdulloh tepa o‘ringa chiqib yotarkan, uyqusi qochdi.
«Аllohim, bu azoblar qachon tugaydi?» – dedi ichida. Uning ruhi 
sinayotgandi, qalbi umidsizlanib, k
o‘zlari quvonchni unutdi. Ertalab yigitcha 
oyoqqa turdi. Tekshiruvdan keyin 
Аydar uni gapga tutdi. 
– Nima bo‘ldi? – deb so‘radi. 
– Menga boshqa yashirgan jinoyatlaringni ayt, deyishyapti, – dedi u 
hazin. Yigitchaning ruhi batamom sinib, na kurashishga, na 
o‘zini himoya 
qilishga kuchi ham, ishonchi ham qolmagani kunday ravshan edi. 
– Boshqa 
jinoyatim y
o‘q-ku, axir. O‘rtoqlarimga ergashib, shu uyga kirgandim-da. 
– Mayli, siqilma, – taskin berdi Naynov. – Yashirganing bo‘lsa, 
aytaver 
o‘zingga yaxshi bo‘ladi. 
– Nimani yashiraman! – dedi yigitcha qo‘rquvga to‘lib.
– Unda boshqa oson yo‘li bor, – dedi Аydar. – Xohlasang, aytaman, 
kaltak yeb yurmaysan. 
– Qanday yo‘l? – taniga jon kirganday bo‘ldi yigitchaning. 
– Tergovchiga: «Og‘a, qaysi jinoyatlarni tan olay? Qanday 
qo
g‘ozlarga qo‘l qo‘yay? Faqat meni urmang», degin. Maylimi? – 
tushuntirdi 
Аydar. 
– Nega, axir... Bu yolg‘on bo‘ladi-ku, – dedi yigitcha ko‘zlari pirpirab. 
– Nima o‘zi rost? Dunyoda hamma narsa yolg‘on, ukam, – dedi 
Аydar. – Shunday qilsang, ko‘p foydalar topasan. Kaltak to‘xtaydi, bu bir. 
Аyblaringga iqror bo‘lganing uchun kamroq yilga qamalasan, bu ikki.
– Аdvokatlaringdan shimildiriq ham kutma, – dedi Naynov. – Sen 
o‘zingga faqat o‘zing yordam bera olasan. 
– Bu uch, – deb qo‘shib qo‘ydi Аydar. 
Yigitcha 
o‘ylanib qoldi. Ertasi kuni uni yana chaqirishdi. U bu safar 
chehrasi ochilib qaytib kirdi: 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin