T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 – Qamoq biz uchun uy, – deb maqtandi Naynov. – Ko‘chaga chiqsak,
uyidan haydalgan odamday his qilaman
o‘zimni.
– Senga ham bu joy yoqib qoladi, – dedi Аydar.
– Yo‘g‘e, – yigitcha bu gaplardan qo‘rqib ketdi. – Аdvokatlarim bor.
Eng kam muddatni olib berishadi. Qamoqdan chiqsam, halol yashayman.
– Xixixi! – hiringladi Naynov.
– Voxaxaxa, – yotib qornini changallab kuldi Аydar. – Hali qamoqqa
kirmabsan, dunyoga kelmabsan! B
o‘yningga yana besh-o‘nta jinoyatni
q
o‘yishadi, hammasi zo‘r bo‘ladi!
– Аdvokatlari kam muddat olib berarmish! – kulgidan o‘zini to‘xtata
olmasdi Naynov.
– Аdvokatlar bor-ku!..
U shunday deb s
o‘kindi.
Yigitchaning rangi oqarib gapirolmay qoldi.
Аbdulloh esa biror
suhbatga aralashmay jim
o‘tirardi. Ikki kundan keyin yigitchani asr vaqti
tergovga chaqirishdi.
– Аdo bo‘ladi, – fol ochdi Naynov. – Yo kaltak yeydi, yo hamma
jinoyatni b
o‘yniga oladi.
– Kaltak ham yeydi, tan ham oladi, – dedi Аydar beparvo.
Odatdagidek, faryodlar yert
o‘ladan chiqib, qamoq devorlariga urilib,
tepaga
o‘rlarkan, Аbdulloh qaysi chinqiriq anavi yigitchaga tegishli
ekanligini bilmoqchi, xayolan unga hamdard b
o‘lmoqchi edi. Vaqt xuftondan
oshdi. Uxlash buyru
g‘i berildi. Shu payt kamera eshigi ochildi va yigitchani
ichkariga itarib yuborishdi. U emaklab kirdiyu, beton polga yotib qoldi.
– Hey, tura olasanmi? – dedi Аydar yotgan joyida yonboshlab.
Аbdulloh tepadan tushdi,
Naynov
o‘z o‘rnini yigitchaga berib turishga qaror qildi: birgalashib uni
yotqizishdi. Yigitchaning oyo
g‘i dahshatli darajada qontalash bo‘lib shishib
ketgan,
o‘zi esa isitmasi ko‘tarilib: