T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
tortib, 
Аbdulloh tarafga sezilar-sezilmas tutun pufladi, tamakini esa 
Naynovga berdi, Naynov ham yutoqib tortdi va Kichkinaga tutqazdi, 
Kichkina ham faxr bilan tamakini qabul qilib, ehtirom k
o‘rsatib, xuddi Аydar 
va Naynovga 
o‘xshashga tirishib, tutunni ichiga so‘rdi. 
Bu orada «choy ham ko‘tarildi», shekilli, Аydar o‘z qo‘li bilan quyuq 
qaynoq choyni finjondan finjonga tashlab, shopirdi. Kamerani choy hidi 
qopladi, biroq buni mahbuslar sezmasdi: b
o‘g‘iq havo, tamaki tutuni bilan 
bitgan dimoqlar hidlarni ham farqlamay q
o‘ygan edi, zotan. 
Choyni biroz tindirib, 
Аydarning o‘zi ho‘pladi, orqasidan tamakini 
s
o‘rdi va ko‘zini yumib, juda «huzurlanib» «Oh, oh!» dedi. Undan keyin 
Naynov va Kichkina ham achchiq choydan ichishdi. 
– Bilasanmi, Kichkina, – dedi Аydar salmoqlab. – Men to‘rtinchi 
o‘tirishimni Rossiyada o‘tkazganman. Tomsk degan joyda bir qamoq bor. E, 
juda ajoyib u qamoq! Mahkumlar jannatda yashaydi. Qora dori, nasha, 
aroq, qizlar 
– hammasi bemalol. Mirshablar mahkumlardan qo‘rqadi. 
Mahkumlarning kattasini 
o‘rischalab, bratuxa deyishadi. Bratuha o‘g‘ridan 
kelgan buyruqlarni bajaradi. Bratuxaga gap yo
‘q! U yerda mahkumlarni 
mujik deyishadi. Qamoqda hamma narsa mujiklar uchun. Grev, skachuxa, 
teplota! Iya, sizlar bu gaplarni qaerdan ham tushunardinglar! Bizning 
qamoqlar unday emas. Tomskdagi qamoqni qora deyishadi. Chunki 
bratuxa 
polojeniega 
qaraydi. 
Polojenieni 
ham 
bilmaysan-ku, 
a? 
Tushuntiraman, desam, sochim oqaradi. Xullas, mana bu achchiq choyni 
Tomskda chifir, deyishadi. ChIFIR degani chay 
– istochnik filosofii i razuma 
degani. Maʼnosi choy falsafa hamda aql manbasi, deganidir.
Аydar gapirarkan, Kichkina unga lol bo‘lib tikilib o‘tirardi. Naynov esa 
Аydarning bu «hikoya»ga umuman aloqasi yo‘qligini yaxshi bilardi, chunki 
Аydar hech qachon Tomskda bo‘lmagan, u ham qaysidir kazzobdan shu 
rivoyatni eshitib, yodlab olgan edi. U bu «rivoyat»dan yangi qamalganlarni 
aldash uchun foydalanadi. 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin