T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 – Shunaqa, – deb Аydarni maʼqulladi Naynov. – Bizning qamoqlar
ham qachondir qorayarmikin?
– Yo‘q, bu juda qiyin, – dedi «qayg‘u» bilan Аydar.
– Nega, axir? – dedi bu holdan chindan achinib Kichkina.
– Chunki bunga islomiylar aybdor, – dedi Аydar, nihoyat.
Аbdulloh hali qamoqda «islomiy» so‘zini mahbusning tilidan
eshitmagan edi. Hozir bu s
o‘zdan seskanib, «yarq» etib, Аydarga qaradi.
Аydar buni sezdi, Аbdullohni bezovtalantirganidan ichida xursand
b
o‘ldi, lekin o‘zini bilmaganga olib, davom etdi:
– Islomiylar davlatning dushmani, xalq xoini, – dedi u ovoziga jiddiy
tus berib.
– Ular biz uyg‘urlarni ko‘ra olmaydi, buyuk Xitoyga qarshi
kurashib, davlatni egallashni istashadi.
– Islomiylar ham odammi? – deb so‘radi Kichkina. U savolni shunday
berdiki,
Аydar ham, Naynov ham kulgidan o‘zlarini bazo‘r to‘xtatishdi.
– Odam, albatta, o‘zimizning uyg‘ur ular ham, – deb javob berdi
Аydar. – Faqat tashi odam, ichi hayvon. Vahshiy. Odamxo‘r. Qonxo‘r.
– Yo‘g‘e! – dedi ko‘zlarini katta –katta ochib Kichkina. Аyni paytda u
ham,
Аydar ham o‘zlarining odam o‘ldirib, qamoqqa tushishganini
unutgandilar, g
o‘yo. Islomiylar, ularning nazdida, odamxo‘r, bu jinoyatchi
qotillar esa qanotsiz farishtaning
o‘zginasi!
– Ularni qattiq qiynashadi, chunki ular shu qiynoqlarga loyik, – dedi
ishonch bilan
Аydar. So‘ng maroq bilan gapirishga kirishib ketdi. Shunday
maroq bilan gapirdiki, biror gapini u shu qadar lazzatlanib aytmagan edi.
–
Islomiylarni azoblash tergovda boshlanadi. Ularning dumi juda uzun.
Bittasini q
o‘lga olsang, mingta sherigi chiqadi isqirtlarning. Tergovda
tovoniga urishadi. Yelimxalta kiydirishadi, avval q
o‘lidan, keyin oyog‘idan
osib, kaltaklashadi. Boshidan ossa ham b
o‘lardi, xaxaxaxa! Аgar
sheriklarini aytmasa, jinoyatini tan olmasa, oyo
g‘ining orasidagi ikkita
tuxumini aylantirib, qattiq ip bilan bo
g‘lashadi, u ipni esa kalta qilib,