T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 bermasdi, tabiatida boqibe
g‘amlik ko‘p edi. Xo‘ja Аsqarni tanbal yoki
ishyoqmas deya olmasdilar, chunki u din ulamolari, ilmi toliblar va masjid
xizmatlari uchun yelib ketadi, xotini nolisa: «Iltimos, nolima, xotin, nima
qilay, pul topishga hech qiziqa olmadim. Rizqimizni
Аlloh beryapti-ku.
Mana,
o‘g‘limiz qori bo‘ldi», – deb taskin beradi.
Oila esa katta: besh
o‘g‘il, uch qiz. Xo‘ja Аli uchinchi farzand. U juda
mehnatkash, tirishqoq.
Аkalari ham har xil hunarmandlarga shogird
tushdilar.
Biz ular haqida k
o‘p to‘xtalmaymiz, chunki Xo‘ja Аlining taqdiri haqida
yozyapmiz.
X
o‘ja Аli ikki yilda uyiga bir-ikki rupiy ko‘tarib kela boshladi. O‘n to‘qqiz
yoshida esa ustozining mahallasidagi bir qizni k
o‘rib, esidan ayrilib qoldi,
g
o‘yo. Bu uning qiz bolaga nisbatan ilk talpinish tuyg‘usi edi. Buxoriy
holvachi eng zehnli, eng yaxshi shogirdining xayolchanligini sezdi va gap
nimada ekanligini darhol payqadi. Biroq tekshirishga qaror qildi. Bir
haftadan keyin X
o‘ja Аli mis qozonga erigan shakarni emas, dog‘lanmagan
yo
g‘ni uchinchi marta quyib yubordi. Keksa qandolatchi shogirdining
bilagidan ushlab,
o‘zining xonasiga sudradi. Boshqa shogirdlar hadiksirab
qarab qolishdi. Usta eshikni zichlab yopdi. Xonaningning yarimdan k
o‘pini
bir tirsak k
o‘tarilgan so‘ri egallaydi. So‘ri o‘rtasida xontaxta va atrofida
k
o‘rpacha. Devorda o‘yma tokchalar, kitoblar, chala yongan shamlar.
Taxmon.
Usta xontaxtaning t
o‘riga o‘tirdi. Shogirdga sinovchan tikildi.
– Xo‘ja Аli, – dedi muloyim.
X
o‘ja Аli bo‘yi cho‘zilib, soqoli biroz qalinlashgan, peshonasida
husnbuzar, tomo
g‘ida esa «kekirdagi» bo‘rtgan, yelkasi kengayib, yigitning
o‘ziga ham xuddi noqulaylik tug‘dirayotgandek. U qilgan xatosidan
iztirobda, boshini egib, yelkasini bukib olgan, ikki q
o‘li orqasida. Boshidagi
salla ham
o‘ng yonga biroz qiyshaygan, qalin qo‘ng‘ir sochlar esa sallaning