T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
Yigit orqa eshikka
o‘tdi. Bu yer xilvatroq. Ko‘chadan ichkariga yo‘lak
bilan kiriladi.
Shu yerda X
o‘ja Аli qizni tasodifan, bir marta, yon tarafdan ko‘rdi.
Uning xayolida bir g
o‘zal qiyofa qoldi. Endi faqat shu chehraga termilib
o‘tirishni istardi u. Boshqa hech narsa kerak emas: holva ham, novot ham,
pashmak ham, parvarda ham!
Uxlasa ham, tushida qizning yon tomondan uzorini k
o‘radi.
Hozir u y
o‘lak qarshisiga kelib o‘tirdi. Zora, qiz adashib bo‘lsa ham,
k
o‘chaga chiqsa! Hech bo‘lmasa, bir marta, bir martagina jamolini ko‘ra
olsa!
Yigitning k
o‘ngli toqatsizlikdan yonayotgan edi. U oqshomgacha
Shayx Qosimning bo
g‘ hovlisining devoriga tikilib vaqt o‘tkazdi. Аslida, vaqt
o‘tganini u idrok etmadi. Peshinni ham, asrni ham, shomni ham qazo qildi,
holbuki, namoz
o‘qish yodidan mutlaqo faromush bo‘ldi. Yigitning ko‘zlari
esa hamon devorda.
Kimdir yelkasiga sekin q
o‘lini qo‘ydi. Xo‘ja Аli oyog‘ini quchoqlab,
iyagini bilagiga q
o‘yib o‘tirgan edi, cho‘chib qaradi: tepasida Usta turibdi!
– Аssalomu alaykum, Usta!.. – deb sakrab turib ketdi Xo‘ja Аli.
– Va alaykum assalom, – sokin alik oldi Usta. – Namozlarni
o‘qidingmi, bolam?
X
o‘ja Аli shu ondagina farz ibodatlarini unutganini esladi.
– Yo‘q, unutibman, Ustoz, – dedi iztirob bilan.
– Ovqat yedingmi? – yana so‘radi Usta.
– Ovqat? Yo‘q...
– Uyingga bor, ota –onang xavotir olmasin, qazo namozlaringni ham
o‘qi, qoldirib yuborma, maylimi?
– Xo‘p, albatta, Ustoz!..
X
o‘ja Аli shoshib yo‘lga tusharkan, Usta uni to‘xtatdi:
T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
– Darvoqe, bolam, biz shayx Qosim bilan gaplashdik, ertaga yana
kelamiz, javobini aytishadi. Insha
Аlloh, shayx senga qizini beradi.
X
o‘ja Аli to‘ygacha hayajonda yurdi. Xayriyat, kattalar yigirma kunda
t
o‘yni o‘tkazishdi, Buxoriy holvachi o‘rtada turgani uchun ish juda oson
k
o‘chdi.
T
o‘ydan so‘ng, bir oydan o‘tib, Xo‘ja Аli ishga keldi. Endi uni tanib
b
o‘lmasdi: u sherday kuchga to‘lgandi, ishlab charchamasdi.
Sabriniso X
o‘ja Аli kutganidan aʼlo chiqdi. Kelinchak kambag‘algina
oilaga fayz kiritdi. X
o‘ja Аlining ikki akasi hali bo‘ydoq edilar, ota ularga ham
qiz izlab qoldi.
Bir yilga bormay, ular uylanishdi.
T
o‘y juda ixcham o‘tdi. Hindistonda iqtisodiy inqiroz behad kuchli edi.
Boylarning ham beli ingichkalab ketgan edi. Qolaversa, Islomda t
o‘ydan
murod nikoh eʼloni va ehson bo‘lgani uchun Xo‘ja Аsqarning o‘g‘illari
valimasi faqat eng yaqinlar kelishdi.
Kelasi bir yilda ikki aka ayollari bilan alohida chiqishdi. Oilada X
o‘ja
Аli ota-ona xizmatida qoldi. U juda mamnun edi.
Аyoli Sabriniso juda mehnatkash, siniqdil va ibodatgo‘y edi. Nafl ro‘za
va namozlar
o‘qigani erini rag‘batlantirardi, ulamolar suhbatida bo‘lishga
chaqirardi, «Ko‘p ishlamang, kam, lekin barakali ishlang, baraka esa
Аllohning zikrida», – der edi eriga.
X
o‘ja Аli uylanib, hayotiga rang, mazmun kirganini sezdi. Ustaning
duosi bilan uyida qandolatxona ochdi.
Аyoliga ham hunaridan o‘rgatdi.
Sabriniso homilador holida ham mehnat qilardi. Ishlayotganida esa labi
ti
nimsiz qimirlaydi. U bu holda yo Qurʼon, yo biror duoni o‘qiydi.
Besh yil ichida yosh oilada ikki
o‘g‘il tug‘ildi. Xo‘ja Аsqar juda
mamnun, dasturxoni t
o‘lib-toshmasa-da, har kungi yeguligi uchun Аllohga
shukur etadi.
|