T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 biroq
Аllohning chegaralarini buzmasin. Hozir odamlarga bu to‘g‘rida
gapirish juda ham erish tuyuladi. Hatto, musulmonlar bu qonunni qabul qila
olishmaydi.
Аyollar erkini bo‘g‘yapsanmi, deyishadi. O‘rta asrlarda yoki
g‘orda yashashni istaysanmi, deyishadi. Unday emas, har qanday muslima
o‘z qobiliyatini Аllohning amriga muvofiq yuzaga chiqarsin, kuchini er,
farzand
g‘amxo‘rligi va boshqa musulmonlarning manfaati uchun yo‘llasin.
Shunchaki, tirikchilik yoki zerikmaslik uchun ishlaydigan har qanday ayolga,
ayniqsa, muslimalarga achinaman.
– Juda ham boshqacha qarashlar, – dedi Аnjelina. – Siz o‘z fikriga,
qatʼiy eʼtiqodga ega ekansiz. Ochig‘i, xulosalaringizga hozir munosabat
bildira olmayman. Ularni xato yoxud t
o‘g‘ri, deyish shaxsan men uchun
qiyin.
Аyting -chi, sizning bunday mustahkam yondashuvingiz qay tariqa
shakllandi? Oila muhiti, olgan taʼlimingiz yoki yashash jarayoni – qaysi biri
sizni shu nuqtaga olib keldi?
– Gaplarimdan xafa bo‘lmang, mehmon, – deb jilmaydi Sabriniso
xonim.
– Siz aytayotgan sabablar bilan qatʼiy bir nuqtani topish mahol
b
o‘lsa kerak. Men ertaga Аllohimning qarshisida turib hisob berishim
haqida
o‘ylayman va bu meni ana shunday eʼtiqod ustida sobit etadi. Erim
X
o‘ja Аli asliga nisbatan juda yosh ko‘rinadi. Uni hamma ellikka ham
t
o‘lmagan, deb o‘ylaydi. Holbuki, u oltmishdan oshib ketgan. Biz bundan
qirq uch yil avval turmush qurdik.
O‘shanda Xo‘ja Аli juda ko‘rkam,
baquvvat edi. U
o‘n to‘qqizni qoralagan, men o‘n sakkizga to‘lgandim. Sizga
ikkimiz boshimizdan nimalarni
o‘tkazganimni aytib beraman, shoyad,
aytayotganlarimni yaxshiroq anglasangiz!
X
o‘ja Аli madrasada o‘qir edi. Dehlidagi musulmonlar mavzesidagi
madrasani «Dorul huffoz» deb atashardi. U yerda, asosan, Qurʼon taʼlimi
berilardi. X
o‘ja Аli o‘n olti yoshida Qurʼonni hifz etdi. Keyin qandolat sirlarini
o‘rganish uchun Buxoriy holvachiga shogird tushdi. Xo‘ja Аlining otasi Xo‘ja
Аsqar kambag‘al, lekin juda muxlis odam edi. U tirikchilikka ko‘p eʼtibor