T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 – Bolam, Аbdulhayning qizimi? – shogirdning holatiga eʼtibor
bermagandek navbatdagi savolni r
o‘para qildi Usta. Xo‘ja Аli yo‘q, deb bosh
qimirlatdi. Usta esa shogirdi shu mahalladagi oshiq b
o‘lganiga amin edi.
Chunki yetti kun sahardan oqshomgacha shu yerda kun
o‘tkazayotgan yigit
Kashmir g
o‘zalini tushida ko‘rib, sevib qolmas, harqalay.
Keksa holvachi b
o‘yi yetgan qiz bor xonadonlarni birma-bir aytaverdi.
– Shayx Qosimning qizimi? – degan edi, Xo‘ja Аlining ko‘zi charaqlab
ketdi, boshini k
o‘tarib, hatto, ovozini xiyla balandlatib:
– Ha! – deb yubordi.
Ustoz shogirdning be
g‘ubor holatidan zavqlanib, beozor kuldi:
– Yaxshi, bolam, katta qizimi? Yaxshi. Sen iloji boricha ko‘nglingni
xotirjam qil, men otang bilan maslahat qilay, sovchilikni tezlashtiray.
X
o‘ja Аli bunday lutfni hech kutmagan edi, uning nazarida, Usta uning
tushida s
o‘radi, sovchilik haqida aytdi.
Buxoriy holvachi X
o‘ja Аli bilan gaplashib bo‘lgach, ko‘cha yaktagini
kiyib, chiqib ketdi. Shogirdlar, hatto, xalfa (Ustaning
o‘rinbosari) Xo‘ja Аlini
o‘rab olib savol bera ketdilar:
– Nima bo‘ldi?
– Usta nima dedi?
– Jazoladimi?
– Usta qaerga ketdi?
X
o‘ja Аli hech kimga javob bermadi, faqat o‘ziga o‘zi iljaygani iljaygan
edi.
– Bu savdoyi bo‘lib qolibdi, – dedi Xalfa, nihoyat. – Hamma ishga!
X
o‘ja Аlining
yuragi
dukurladi.
Kimnidir
k
o‘rgisi kelyapti.
Qandolatxonadan sekin sir
g‘alib chiqdi, oyog‘i uni Shayx Qosimning bog‘
hovlisiga olib ketdi. Faqir b
o‘lsa -da, Shayxning mehmoni ko‘p: kosibu
hunarmandlar, olimu talabalar, yoshu qari dam-badam kiradi, chiqadi.