T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
– O‘zingni o‘ldirish eng muhim ish bo‘lsa, nima ham qilardim, Shafiqa!
– dedi Roziya xonim.
Shafiqa jim. Yugurib xonadan qochib chiqar edi, biroq madori y
o‘q.
Roziya xonim esa Shafiqaning k
o‘ziga qaradi:
– Kenja qizim sen bilan teng. Аgar qizimning o‘rnida bo‘lganingda
seni, albatta, jazolardim. Qanday jazolayman, bilasanmi? Suv t
o‘ldirilgani
idishga yuzingni bosish kerak! Jon berish oson deb
o‘ylayapsanmi? O‘n
soniya nafas ololmasang, qanday azob chekishingni bilasanmi? Bilmaysan!
Jon berish eng buyuk azobdir. O
‘limdan keyin hammasi tugaydimi?
Iymoning qaerda? Oxiratga b
o‘lgan iymoning qani? Qabr azobiga iymoning
qani?
Shunchalar zaif b
o‘lurmi muslima?! Dunyo hayoti oxirat qoshida bir
nafasdir! Bir nafasdan ham qisqadir! Bir nafasni joningni qatl etib,
abadiy
azobga ayirboshlaysanmi?
Roziya xonimning ovozi k
o‘tarilib ketdi, yuzi qizardi. Shafiqa
xonimning
g‘azabidan qo‘rqdi. Bu shunday qo‘rquv ediki,
uning mohiyatini
ayol bilmasdi, shunchaki, Roziya xonim uning qalbiga hayiqish olib kirdi.
– Basharti, yana o‘zimni o‘ldirajakman desang, senga o‘lim azobini
o‘zim tottiraman! – Roziya xonim bu tahdidni Shafiqaning yuziga yuzini eng
yaqin masofaga keltirib eʼlon etdi. Shafiqaning qo‘rquvi ko‘paydi. Qo‘rquvi
k
o‘paygani sayin yashash ishtiyoqi tirildi.
– Shafiqa,
seni uyimga, Turkiyaga eltaman. Sen tarbiyatga
muhtojsan!
... Shafiqa Roziya xonimning ortidan yosh boladay ergashdi.
Xonimning Istanbul tashqarisida, Qora dengiz b
o‘yidagi hovlisi so‘lim ekan.
Chor
–atrofi ko‘m –ko‘k. Bu Shafiqaga Kuala Lumpurni eslatdi. Biroq u
Kuala Lumpurni, eri Fotih
Karimni eslashni istamasdi, zotan, bu eslash
unga uning noshukurligini namoyish etadi. Boy berilgan neʼmatlarning azobi
achchiq.
Аyniqsa, bu azobning ortida o‘z xatoying tog‘dek qad rostlab
turgan b
o‘lsa! Roziya xonim xonasi yonidan Shafiqaga bir xonani berdi.