www.facebook.com/akrom.malik2020 – Subhanalloh, – dedi yana Roziya xonim. – Guvohlik bermoq nedir?
Tushunurmisan?
Shafiqa
o‘yga toldi.
– Guvohlik aniq bilganing xususda o‘rtaga chiqajak bir Haqiqatdir, –
dedi Roziya xonim.
– Аllohning yagona iloh ekanligi xususda guvohlik
berish zimmangga qanday vazifalar yuklashini anglaysanmi? Har bir s
o‘z
yurakdan chiqmo
g‘i shart. Har bir kalima qalb tubidan yangrashi lozim.
Qalb qaʼridan porlab chiqqan So‘z hayotimizni yoritadi. O‘ylab ko‘r,
shahodat kalimasini aytar ekansan, uning qudrati, sening qalbing, ruhing,
hayotingga naqadar taʼsir etajagi haqida tafakkur qilganmisan? Shahodat
kalimasi seni dunyo zindonidan oxirat saodatiga olib chiqajak Nur ekanligini
tasavvuringdan
o‘tkazmishmisan?
Shafiqa sukutda edi. U bolaligidan
o‘ziga berilgan taʼlimni eslashga
tirishdi. Bunday s
o‘zlar nahot unga zinhor aytilmagan bo‘lsa?!
– Shafiqa, Robbimizni tanish so‘zlarni yod olish bilan amalga oshsa,
koshkiydi! Qurʼonni, Eng Buyuk Kalomni hifz etamiz, tinglaymiz, holbuki,
nechun bu qadar halovatsizmiz? Iymon kalimasi ortidagi kashfga qadar
uzun bir y
o‘l bor, zotan.
S
АKKIZINChI BOB
Ibrohim Yorqin Shermuhammadbekdan s
o‘radi:
– Beyim, Turkiston mujohidlari o‘risga, o‘risning kofiriga nima uchun
taslim b
o‘ldilar? Hamisha shu azobli tariximiz haqida o‘ylayman va bu o‘ylar
menga tinchlik bermaydi...
Shermuhammadbek x
o‘rsindi. Ehson afandiga qarab dedi:
– Kelajak avlod, albatta, shu savolni berishini bilardim. Bu so‘rovga
javob berish oson emas. Inson qoshida oson emaski, Robbimiz tergovida
qanday javob berajakmiz?
Аxir, biz millat va din himoyasini yelkamizga olib
edik. Holbuki, kurashni boy berdik. Qaniydi, avlodlarimizga
Аllohning bizga