T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 bergan nusrati haqida xotiralar qoldirsak! Y
o‘q, biz yurakning qop –qora
qoni tomchilab turadigan bir alamli hikoyalarni, qalblarni
o‘rtaydigan
ma
g‘lubiyat tajribalarni bayon etishga majburmiz. Bayon etaylikki,
bolalarimiz biz tushgan chohlarga qayta yiqilmasinlar, balki u chohlardan
qutulsinlar. Biz borgan tikanlarni bosib, zulm daraxtlarini qonlari ila
su
g‘ormasinlar, zolimlarning changalida shoqolning tishi orasiga
tushgandek ingranmasinlar! Ibrohim, aytajagim s
o‘zlarni naqsh kabi
qalbingga jo et. Bu s
o‘zlarni farzandlar bilmoqlari lozim, shubhasiz. Ko‘p
xato qildik. Birinchi xatoyimiz
g‘aflatimiz edi. O‘ris yurtimizga kelganida
dunyoda ne b
o‘layotganidan bexabar edik. Qudratli davlatlar Yer yuzini
o‘zlari uchun tomorqa kabi bo‘lishib olayotganlarini hech birimiz bilmasdik.
Vatanimizdagi boyliklar hisobini biz bilmasdik, dushman bilar edi. Biz bilsak
-da, uni qandoq istifoda etish ilmidan bebahra edik. Hayotimiz
o‘zaro
jiqqamusht
o‘tdi. Sen sart, sen tojik; sen qiyot, sen qo‘ng‘irot; sen nayman,
sen uy
g‘ur deb bahslashdik. Koshki, ilm ila bahslashsak! Koshki, taqvoda
musobaqalashsak! Y
o‘q, biz to‘y qilishda tengsizmiz. Biz g‘iybatda
kuchlimiz. Mansabparastlikda
g‘ayratlimiz. Holbuki, inglizlar, frantsuzlar,
nemis va ruslar Islom saltanatlarini yemirib kelar edilar. Jannatmakon
Osiyoni jahannamga evirdilar. Unday emas, aslida,
o‘zimiz o‘zimizga go‘r
qazidik. Ovrupoda miltiq, zambarak, snaryad bilan jang qilganlarida, biz
kamon va qilichni changalladik. Ovupo,
Аmirqo o‘z hayotini tartiblash
qay
g‘usida qonunlar yozar ekanlar, biz ming yillik qonunlarimizga tupurdik.
G‘ayridinlar qonunni u asosda yashamak uchun tuzsalar, biz o‘z mukammal
koidalarimizni amal etmaslik qasdida buzdik.
G‘ayridinlar, kofirlar Islom
dunyosini yer bilan yakson etishni rejalashtirdilar. Podshohlarimiz
o‘risning
podshohiga qullik va qulluq qilib, sov
g‘a –salom bilan yugurdilar. Ulug‘ deb
bilganlarimiz yurt deb, millat deb, din deb
g‘am chekmaganlaridan so‘ng biz
eryigitlar, b
o‘zyigitlar qo‘lga qurol oldik. O‘risga bilganimizcha qarshi
chiqdik. Biroq bizda na harbiy ilm, na eʼtiqodiy bir taʼlim yo‘q edi. Ustoz deb