T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
– Nima o‘g‘irlading, it! Kazzob! – hayqirib yubordim.
Shunday
hayqirdimki, ovozimda qahrimning hamma alangasi bor edi. Odamlar
ch
o‘chib ketganini yaqqol sezdim.
– Qo‘y... Qo‘y oldim, begim...
– Chap qo‘lini yechinglar, – dedim. O‘g‘ri yalina boshladi:
– Rahm qiling, begim, rahm qiling! Shayton yo‘ldan urdi.
Bir zumda
chap q
o‘lini yechib, o‘ngini tanasi bilan qo‘shib mahkamroq bog‘lashdi.
O‘g‘ri chiyilladi:
– Rahm qiling... Rahm qiling...
Men odamlardan s
o‘radim:
– Kimning uyiga tushdi bu it?
Qotmadan kelgan, qora bir odam chiqdi:
– Mening uyimga tushgan, bek.
– Kasbi koringiz nima?
– Dehqonman.
– Nechta qo‘yingiz bor?
– Bitta oriq qo‘yim bor, xolos. Kofirlar mollarim bilan qo‘shib tortib oldi.
Qizil askarlarni boqarmish.
O‘g‘riga qaradim:
– Sen it bir kambag‘alning sho‘rini quritmoqchi bo‘libsan-ku! Qo‘lingni
ch
o‘z!
O‘g‘ri tiz cho‘kdi, chap qo‘lini qaerga yashirishni bilmay menga yalinib
uzatgan edi, qilichimni k
o‘z yumib ochguncha bir fursatda qindan
su
g‘urdim, bilagidan chopdim. O‘g‘ri chinqirib qoniga belanib yiqildi.
– Kigiz kuydirib bosinglar, – dedim. Bir zumda aytganimni bajarishdi,
qon t
o‘xtadi. O‘g‘rining oyoq – qo‘lini yechishdi,
u hamon hushsiz edi,
zambilga solib olib ketishdi. Odamlar mendan qandaydir gap kutayotganini
bildim.
– Kofir bilan urushdamiz,