T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 bilmadi. Yuragi kuydi. U bolaligidan orzu qilgani
Аmerikada edi. Аmerika
esa uni k
o‘chada qoldirdi. Kimga murojaat etishini bilmasdi Shafiqa. Olti oy
u biror marta mustaqil holda k
o‘chaga chiqmagan edi. Uni Jeynning
maxsus dasturlari boshqardi.
«Musulmonlarni
topishim
kerak...
Qanday
qilib?!
Men
musulmonlardan yuz burgan edim-ku! Kecha televidenie va radioda
anʼanaviy Islomning qoloqligini butun dunyoga eʼlon qildim-ku! Buni ko‘rgan
millionlab musulmonlar nima degan ekan? Nahotki k
o‘chada qolib o‘lib
ketsam?!» Shafiqa tuyqus qo‘rqdi. «Аllohim!» deya qalbidan nido qildiyu,
bu nidoga «Labbayka!» javobini his etmadi.
«Xudbinlashib
ketibman!
Boshimga
mushkul
tushganda
musulmonlarni esladim.
Аllohni esladim... Naqadar xudbin, naqadar
munofiqman!» Bu o‘ylar jonsiz edi, zotan, bu o‘ylar qalbni kuydirishi kerak
edi, Shafiqaning qalbi «miq» etmadi. Qalb na qo‘rquvni, na xavfni sezmadi.
Shafiqa
o‘zini o‘lib qolgandek his etdi.
Erini, farzandlarini esladi.
Аjabo! Ularni unutib yuboribdi! Nahotki, o‘z
ba
g‘rida olib yurgan jigargo‘shasini yodidan faromush etdi?!
«Аhvolim naqadar og‘ir! Men qanday ahvolga tushdim! Shafiqa, xarob
b
o‘libsan, Shafiqa!» Аyolning boshi aylandi. U ortiq o‘ylashni istamadi. U bu
hayotni tezroq tark etishni xohladi.
Аfsuski, vujudi holsizlandi, ko‘z o‘ngi
qoron
g‘ulashdi, quvvati qaergadir, bir qora, mavhum bo‘shliqqa so‘rilib
borardi, g
o‘yo. Shafiqa gandirakladi. Qandaydir o‘rindiqqa yetib oldi, o‘tirdi,
suyandi, nafasi siqildi, hushini y
o‘qotayotganini sezdi. Shu on bir ayolning
ovozi eshitildi:
– Qizim, senga nima bo‘ldi hoy, qizim?
Shafiqa bu mehrli sas sohibasining chehrasini k
o‘rmadi, u butkul
hushdan ayrilgandi.
... Deraza ochiq. Quyosh nuri harir pardadan
o‘tib, alvon gilamda
jilvalanadi.