T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 – Xolid Yorqin! – Shermuhammadbekning ovozi titrab ketdi. Ibrohim
q
o‘l uzatgan edi uning qo‘lini mahkam ushlab oldi. – Ey Ibrohim, sen
Qilichbek Mujohidning nevarasimisan? Xolid Mujohidning
o‘g‘limisan?
– Xuddi shunday, beyim, – dedi Ibrohim.
– Subhanalloh! Xush kelding, o‘g‘lim, safolar keltirding! O‘tir, bu yerga
o‘tir! – Mujohid yonidan Ibrohimga joy ko‘rsatdi.
Ehson afandi Shermuhammadbekning g
o‘dak singari shodlanib
ketganidan qalbida bir mamnuniyat uy
g‘onganini sezdi.
– Ehson afandim, siz -da, bu yerga o‘tiring! – to‘rga taklif qildi
Shermuhammadbek.
– Аlloh Sizdan rozi bo‘lsin, afandim! G‘arib
k
o‘nglimizga farah keltirdingiz, Ehson hakim hazratlari!
Ibrohim keksa jangchini uning kelishi bu qadar quvontirganidan xijolat
tortdi,
o‘zini noqulay sezdi. Mujohid unga yana qaradi:
– Ko‘zlarim ko‘rmasa -da, sendan ota yurtim nafasini tuymoqdaman,
Ibrohim,
– dedi u. –Sening bobong Qilichbek katta xizmatlar etdi. Yetmish
yoshida shijoati vujudiga si
g‘mas edi. Uning ilmi, tajribasi bizning miltiq
tutmagan jangchilarni tarbiyalashda asqotdi. Robbim uni jannati ila
mukofotlagan b
o‘lsin! Аmiyn!
– Аmiyn, – dedi Ehson afandi.
– Аmiyn, – dedi Ibrohim ham sidqidildan.
– So‘yla, Ibrohim, ota yurtimda ne gaplar? Ko‘p xabarlar eshitaman.
K
o‘zlarim ko‘rsa edi, bu oyoqlar yursa edi, Аllohim shohid, o‘ris kofirni
Vatanimdan quvib chiqarmoq uchun q
o‘limdan kelganini qilardim! – dedi
Shermuhammadbek chuqur qay
g‘uda.
– Ota yurtimizning ahvolini qanday bayon qilay, beyim? – dedi
Ibrohim iztirob ila.
– Qadim Buxoro, Samarqand, Xo‘qand, Xiva dinsizlar
q
o‘lida qoldi. Gitlerga qarshi urushda yuz minglab yigitlar o‘ris tomondan
jangga
chiqib,
halok
b
o‘ldilar.
Hozir
davlatni
kommunistlar
boshqarmoqdalar. Oddiy xalq daladan chiqmaydi. Sovetning ch
o‘ntagi