boshqalapga sapflanishi lozim. Xizmat safari xarajatlariga ish haqi hisobidan
bo’naklar berish taqiqlanadi.
Xizmat safapi xapajatlapi uchun bo’naklar xizmat safariga jo ’natilayotgan
xodimning shaxsan o’ziga beriladi. Xizmat safari xarajatlari uchun bo’naklaming
hammasini guruhlar rahbarlariga berish taqiqlanadi. Xizmat safarlari bilan bog’iq
xarajatlar uchun hisobdoplik asosidagi mablag’lap xizmat safariga boradigan
shaxslarga xizmat safari joyiga etib borish va qaytib kelish qiymatini, kundalik
xarajatlami hamda turar joy xapajatlarini qoplaydigan summalar chegarasida beriladi.
Hisobdorlik asosida pul olgan har bir bank xodimi o’zi olgan bo’nakni qanday
sarflagani to’g ’risida b o ’nak hisoboti topshirishi, unga xo’jalik xarajatlari bo’yicha
tasdiqlovchi hujjatlami ilova qilishi shart. Bu hisobot bo’nak olinganidan keyin ko’pi
bilan 3 kun ichida, xizmat safari xarajatlari bo’yicha esa safardan qaytilganidan so’ng
uzog’i bilan 3 kun ichida topshirilishi zarur.
Hisobdorlik asosida bepilgan mablag’lapning sarflanmagan qoldiqlari topshiriq
bajarilganidan yoki xizmat safaridan qaytilganidan keyin bank kassasiga topshirilishi
lozim. Agar topshiriq bekor qilinsa, uni bajarish uchun hisobdorlik asosida berilgan
bo’nak summasi darhol qaytarilishi kerak. Yangi bo’nak berilishi uchun a w al
olingan bo’nak bo’yicha to’la hisob-kitob qilingan bo’Iinishi shart.
Hisobdor shaxs o ’zi bajarayotgan topshiriqlar xususiyatiga ko’ra yonida doimo
naqd pul olib yurishi zarur bo’lgan hollar bundan mustasno. Sarflangan summani
to’ldirish uchun yangi bo’nak berilishi mumkin bo’lgan bo’nak qoldiqi miqdori
banklar rahbarlari tomonidan belgilanadi. Tasdiqlangan bo’nak hisobotlari bo’yicha
tegishli hisobvaraqlarga kiritiladigan xarajatlar, garchi u berilgan bo’nakdan ortgan
bo’lsada, to ’la summada hisobdor shaxslar uchun ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar
kreditida qayd etiladi. O’tgan yili tugallangan xizmat safarlari bo’yicha sarflangan
bo’naklar to ’g ’risidagi hisobotlar o’sha yilning o’zida qayd etilishi lozim.
O ’tgan yili boshlanib, yangi yilda tugallangan xizmat safarlari bo’yicha
sarflangan b o ’naklar to ’g’risidagi hisobotlar yangi yil aylanmalarida qayd etiladi.
Sarflanganligi to ’g ’risidagi hisobot berilmagan summalar ham 1 yanvar holatidagi
hisobdor shaxslar hisobvaraqlari qoldiqlarida aks ettirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: