T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

Banklarda 
moliyabiy hisobotlam i tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari
Buxgalteriya balansi - bankning moliyaviy mablag'larini va ulaming kelib 
chiqish manbalarini tegishli guruhlar bo'yicha pul ifodasida ma'lum bir sanaga (kun, 
oy, chorak va yillik) holati va harakati to'g'risidagi ma'lumotlarni umumlashtirishdir.
Tijorat banklari tomonidan tuzilayotgan buxgalteriya hisobi va hisobotlari, 
aw alo, ichki va tashqi (bank boshharuvi va xodimlari, bank ta'sischilar, soliq 
inspektsiyasi, kreditorlar, investorlar) foydalanuvchilaming manfaatlari hamda 
qiziqishlarini qondirishi, shuningdek, bankning moliyaviy holatiga xolisona baho 
berish maqsadida tuziladigan ma'lumotlar majmuasi hisoblanadi. Shu boisdan, 
banklarda tuziladigan balans hisobotlari muddatiga ko'ra, korxonalamikidan farqli 
o'laroq, kunlik balans, oylik balans, ehoraklik balans va yillik balans shaklida 
tuziladi. Banklarda buxgalteriya xizmatining asosi balans tuzishdan iborat. Kirish 
balansidan tortib tugatish balansiga qadar bo'lgan davr murakkab buxgalteriya 
jarayonini qamrab oladi.
Kunlik balansda banklaming o'zlik va jalb qilingan mablag'laming holati, 
shuningdek, ulami kredit va boshqa daromadli operatsiyalarga joylashtrilishi aks 
ettiriladi. Balans ma'lumotlariga ko'ra, pul mablag'larining shakllanishi va joylanishi, 
kredit, hisob-kitob, kassa va boshqa operatsiyalarining holati hamda ulami 
buxgalteriya hisobidato'g'ri aks ettirilishi nazorat qilinadi. Banklarda balanslar 
tuzilishiga ko'ra: kirim balansi, joriy balans, yig'm a balans (konsolidirovanniy), 
qayta tiklash balansi, birlashtirish balansi, tugatish balanslariga bo'linadi.
Balans tuzishda ma'lumotlar asosan aylanma qaydnomalardan (oborot 
vedomostlar) ko'chirib yoziladi. Buxgalteriya hisobotining ikkinchi shakli sifatida 
«foyda va zararlar to 'g ‘risida»gi hisobot tuziladi. Bunda bankning daromadlari va 
xarajatlarining hisobini yuritishda tayinlangan asosiy hisobvaqarlardagi ma'lumotlar 
korrektirovka qilinib, bankning kunlik, oylik, ehoraklik va yillik xarajatlari hamda 
daromadlarining holati bo'yicha ma'lumotlar aks ettiriladi.
Foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotni tuzishdan maqsad bankning daromalari 
va xarajatlarini tahlil qilish, ulami hisoblashdagi xato hamda kamchiliklarini aniqlab, 
olingan 
natijalarga 
asoslangan 
holda 
bankning 
istiqboldagi 
faoliyatini 
rejalashtirishdir.


Bankning pul oqimlari to ‘g ‘risidagi xisobotlarida xisobot oyi davomida naqd 
pul malag‘larining, ya’ni, bankga kelib tushgan va chiqim qilingan pul 
m ablag‘Iaming harakati o‘ ifodasini topgan boMadi.
Buxgalteriya hisobotining 3-chi shakli balansga ilova hisoblanib, bunda 
hisobotning birinchi qismida byudjet daromadlariga ajratmalar va to'lovlar aks ettirib 
boriladi. Ikkinchi kunida esa, markazlashtirilgan sug'urta fondlariga, zahira 
fondlariga boshqa maxsus fondlarga ajratmalar aks ettiriladi.
Bank balansdagi ma’lumotlar har bir operatsiyaning ro‘y berishi natijasida 
aktivlar va passivlami holati bo'yicha to 'liq ma'lumotlar olish imkoniyatini beradi. 
Bu holat xisob-kitob-pul hujjatlarining dastlabki hisobini tegishli hisob registrlarida 
rasmiylashtirilib, so'ngra buxgalteriya bo'lim ida analitik va sintetik hisob bo'yicha 
umumlashtiriladi va buxgalteriya hisobining hisobvaqarlarida ikki yoqlama yozuv 
orqali aks ettiriladi. Bank ish kuni yakunida har bir hisobvaqarlar bo'yicha qoldiq 
summalar aniqlanadi. Hisobvarqlardagi oxirgi qoldiq summalar bosh va yordamchi 
kitobga ko'chiriladi hamda balansda o'm atilgan tartibda aks ettiriladi.
Buxgalteriya balansi ikki qismdan, aktiv va passivdan iborat bo'lib, ulaming 
o'zaro tengligi balansning 
to 'g 'ri tuzilganligi - bankning ish kuni to'liq 
yakunlanganligini ifodalaydi. Bank balansi o'm atilgan tartibda kunlik, ehoraklik va 
yillik buxgalteriya hisoboti shakllarini tuzish ko'rsatmasiga asosan, andozadagi 
blankalarga tuziladi. Undagi ko'rsatkichlar umumiy bir o'lchov birligida, ya'ni milliy 
valyutada (qiymat ko'rsatkichida) aks ettiriladi. Bu andozadagi balans blankasidagi 
satrlar bir nechta bo'lib, moddalari ham turlichadir. Balansning ikkala qismi, ya'ni 
aktivlar va passivlaming jam i summalari bir-biriga teng bo'lishi bilan izohlanadi.
Balansining aktiv tomonida naqd pul mablag'lari, xorijiy valyutadagi pul 
m ablag'lar, Markiziy bankdagi vakillik hisobvarag'i, majburiy zahiralari, qimmatli 
qog'ozlarga qo'yilmalar, kreditlar, sarmoyalar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 
hamda boshqa aktivlardan tashkil topadi.
Passiv tomoni esa, depozitlar, boshqa banklardan olingan kreditlar, bank 
tomonidan chiqarilgan qarz majburiyatlar, aktsionerlik kapitali kabi hisobvaqarlardan 
iboratdir.
Bankning aktivlari tarkibidagi naqd pullar- bank mablag'lari toifasi bo'lib, 
bankning to'lov faoliyatining ahvolini belgilaydi va mijozlaming naqd pul 
m ablag'lariga bo'lgan talabini qondirish uchun bank mijozlari oldidagi o 'z
majburiyatlarini bajarish qobiliyatini belgilaydi.
Xorijiy valyutadagi pul m ablag'lari esa, Banklaming valyuta bozoridagi 
operatsiyalarining hajmini ifodalaydi. Markaziy bankdagi vakillik hisobvaqarlari -
balans hisobvaqarlari bo'lib, unda ayni paytda bankda m ablag'lam ing mavjudligini 
anglatadi. Har bir Banklaming hisobvarag'i Markaziy bankda ochiladi. M ablag'lar 
o'tkazish va m ablag'lam ing tuzilishi bo'yicha bank amaldagi hamma operatsiyalar 
vakillik hisobvarag'ida aks ettiriladi.
Majbariy zahiralar fondi Markaziy bankdagi alohida hisobvarag'ida mavjud 
bank m ablag'lari bo'lib, O'zbekistonning hamma tijorat banklari tomonidan majburiy 
tartibda zahiralanadi, bu esa, ulaming likvidliligini saqlab turishiga ma'lum darajada 
kafolatlaydi. Majburiy zahiralar fondiga ajratmalar foiz stavkalarini belgilash


Markaziy 
bank tomonidan o ‘tkaziladigan tijorat banklari likvidligini saqlab 
turishning eng ta'sirchan mexanizmi hisoblanadi.
Qimmatli 
qog'ozlarga 
qo'yilmalar 
tijorat 
bankning 
fond 
bozoridagi 
operatsiyalarini 
aks ettirib, balans aktivining boshqa ko'rsatkichlari 
bilan 
taqqoslanganda, qimmatli qog'ozlar bilan bo'ladigan operatsiyalarida bankning 
amaliy faolligini ifodalaydi. Ular emitetlar maqomiga qarab, ikki toifaga bo'linadi; 
hukumat yoki markaziy bank chiqargan qimmatli qog'ozlar va xo'jalik yurituvchi 
sub’ektlar chiqargan qimmatli qog'ozlardan tashkil topadi.
Hukumat yoki markaziy bank chiqargan qimmatli qog'ozlar yuqori darajada 
likvidliligi bilan ajralib turadi, ammo bu qog'ozlam ing daromadliligi boshqa 
emitetlar chiqargan qimmatli qog'ozlamikidan bir muncha past bo'ladi.
Kreditlar- tijorat bankining kreditga oid operatsiyalari bo'lib, bankning foyda 
olishini belgilovchi moddasi hisoblanadi. Balansda kredit muddatlari (qisqa va uzoq) 
bo'yicha xo'jalik yurituvchi sub’ektlaming mulkchilik shakliga qarab tasniflanadi.
Sarmoya - bankning boshqa yuridik shaxslar faoliyatidagi ulushini ifodalaydi. 
Bank sarmoyalari xo'jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini boshharish yo'li bilan 
qo'shim cha foyda, dividend sifatida, boshqa turdagi daromadlar olish maqsadida turli 
loyihalarga yo'naltirilgan m ablag'lar hajmini izohlaydi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar - bank aktivlarining asosiy moddalaridan 
biri bo'lib, bank o 'z faoliyatini tashkil etishda moddiy bazasini shakllantirishga va 
bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish uchun 
yo'naltirilgan mablag'laridir. Ular jumlasiga: bank binolari, inshootlari, kapital 
qurilish uchun qilingan xarajatlari, ofis va ish mebellari, jihozlari, kompyuter va 
boshqa hisoblash texnikasi, aloqa vositalaridan iboratdir. Markaziy bank tomonidan 
belgilangan me’yorlar Banklaming kapital xarajatlari miqdori bank aktivlarining 10 
foiz miqdorida chegaralangan.
Bank passivida aks ettiriladigan moddalari quyidagilarni o 'z ichiga oladi: 
depozitlari - bankning boshqa sub’ektlarda xarid qilgan manbalarini ifodalaydi. Ular 
talab qilib olinadigan, jam g'arm a, muddatli depozitlarga bo'linadi. Talab qilib 
olinadigan depozitlaridan tashqari barcha depozitlar kredit resurslarining eng 
barqaror manbalaridan hisoblanadi. Jalb qilingan manbalarda muddatli depozitlar 
ulushining oshishi qo'ilm alam i uzoq muddatga, shu bilan birga yuqoriroq foiz bilan 
amalga oshirish imkonini beradi, bu esa bankning omonatlar (depozitlar) bo'yicha 
foiz xarajatlarini ko'paytiradi.
Boshqa banklardan olingan kreditlar - tijorat bankining bo'sh mablag'lariga 
bo'lgan ehtiyoji va mijozlariga pullik xizmatlar hajmini oshirish maqsadida boshqa 
moliya institutlari bilan o'zaro munosabatlarini ifodalaydi. Biroq, banklararo kreditlar 
birinchidan, boshqa mablag'larga nisbatan olish imkoniyatining yuqoriligi va 
ikkinchidan, eng qimmat kredit manbasi hisoblanadi. Banklarda jalb qilingan 
mabag'lar ulushida banklararo kreditlaming salm og'i yuqoriligi ularda depozit 
siyosati yaxshi ishlab chiqilmaganligini izohlaydi.
Bank chiqargan harz majburiyatlar moddasi 
- tijorat banklari tomonidan 
chiqarilgan qarz majburiyatlarining ulushini ifodalaydi. Qarz majburiyatlarini 
chiqarish bankka uzoq muddatli manbaalami shakllantirish imkonini beradi. Bundan 
tashqari, bunday katta hajmdagi qarz mablag'lari bank uchun qulaydir, chunki uning


pulini to ‘lash va qaytarib berish oldindan ma'lum boMadi, bu esa, bankning toMay 
olmaslik xavfini kamaytiradi.
Aktsiyadorlik kapitali - bankning o ‘z mablagMari hajmini anglatadi. Markaziy 
bank tomonidan Banklaming kapitalining shakllanishini nazorat qiladi va tartibga 
solib turadi. Bu esa, bank operatsiyalari daromadliligini oshirishi va ulaming 
faoliyatini samarali boshqarishni ta’minlaydi.
Bank tizimiga ishonchni mustaqkamlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki Banklaming moliyaviy faoliyatining sifatini oshirishga qaratilgan 
tadbirlami amalga oshirib bormoqda. Bunda 0 ‘zbekiton Respublikasining «Banklar 
va bank faoliyati to ‘g‘risida»gi qonunning 42-moddasiga, « 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki to ‘g ‘risida»gi va O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi 
to ‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq, banklaming e'lon qilinadigan moliyaviy 
hisobotlariga doir 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablarito‘g ‘risida 
nizomi ishlab chiqilgan. Ushbu nizomning ishlab chiqilishi tijorat banklari yillik 
hisobotlarining ochiq matbuotda e'lon qilinishi dunyoda muayyan darajada 
oshkoraligi bilan ajralib turadigan bank tizimini yaratish uchun dastlabki qadamdir. 
Ushbu nizomga k o ‘ra, barcha banklar o ‘z yillik hisobotlarini, jumladan, balans 
hisobotini matbuotda e'lon qilishlari lozim. Quyida tijorat banklari tomonidan 
tuziladigan yillik balans hisobotning namunaviy shaklini keltiramiz ( 1-jadvalga 
qarang).
1-jadval

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin