Qisqa xulosalar
Banklarda moliyaviy natijalar hisobi - bu bank faoliyatining umumiy natijalarini
aniqlash va bu natijalaming vujudga kelish manbalarini chuqur o'rganish hamda
ulaming o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, xarajat va daromad sifatida tan
olish davrlarini buxgalteriya hisobida to 'g 'ri aks ettirishdan iboratdir.
Banklaming moliyaviy hisoboti - bu bankning moliyaviy (aktivlari va
passivlari) holati bo'yicha ma'lum bir muddatga umumlashtirilgan ma'lumotlar
berishidir. Shuningdek, hisobotlarda aks ettiriladigan natijalami balansning har bir
moddalari bo'yicha asoslash tushuniladi.
1.
Moliyaviy natijalami shakllantirish qaysi me'yoriy hujjatlarga asosan tartibga
solinadi?
2.
Banklarda moliyaviy natijalar qachon aniqlanadi?
3.
Bankning operatsion xarajatlari smetasi deganda nima tushuniladi?
4.
Banklarda operatsion xarajatlar deganda qanday xarajatlami tushunasiz?
5.
Bank daromadlari nima va ular qachon daromad sifatida tan olinadi?
6.
Banklarda tuziladigan hisobotlaming qanday turlari mavjud?
7.
Konsolidatsiyalashgan balans deganda nima tushuniladi va boshqa balansdan
farqini tushuntiring?
8.
Bankning balansi korxona balansidan qanday farq qiladi?
9.
Balans qanday qismlardan iborat va ularda nimalar aks ettiriladi?
10. Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobot shakllariga qanaqa ilovalar qilinadi?
11. Foyda va zararlar to ‘g ‘risidagi hisobotda nimalar aks ettiriladi?
12. Pul oqimlari to ‘g ‘risidagi hisobotda nima aks ettiriladi?
Asosiy adabiyotlar:
1.
Банкларнинг ҳисоб сиёсати ва молиявий хисоботлари тўғрисидаги Низом.
19.07.2003Й
2.
Узбекистон
Республикаси Марказий банки томонидан тижорат
банкларининг
чоп
этиладиган
йиллик
молиявий
хисоботларига
қўйиладиган талаблар тўгрисидаги низом. 02.10.2004Й.
3.
Узбекистон
Республикаси банкларида бухгалтерия хисоби ва хисоботи
тўгрисидаги йўрикнома. ЎзР
АВ томонидан 16.11.1998 йилда 533-сон
билан рўйхатга олинган.
4.
Ўзбекистон
Республикаси тижорат банкларида бухгалтерия ҳисобининг
ҳисобварақлари режаси. ЎзР АВ 13.08.2004 йилда 773-17-сон билан
рўйхатга олинган (янги таҳрири).
5.
Константинова Е.П. Международные стандарты финансовой отчетности:
Учеб. пособ. - М.: «Дашков и К », 2008. - 288 с.
6.
Мощенко Н.П. Международные стандарты учета и финансовой отчетности:
Учеб. пособие. - М.: Финансы и статистика, 2007. - 272 с.
7.
Муругова И.А. Операционная техника и учет в банках. Учебный пособие. -
Т.: ТФИ, 2004. -36 стр
8.
Наврўзова К.Н. Банкларда бухгалтерия хисоби ва операцион техника. Ўқув
қўлланма.- Т.: ТМИ, 2003. - 170 б.
9.
Рожнова О.В. Международные стандарты бухгалтерского учета и
финансовой отчетности: Учеб. пос. -М.: ЭКЗАМЕН, 2003. - 254 с.
10. WWW.dis.ru (Издательство «Дело и Сервис»)
11. www.bankclub.ru/rankings-bk.htm. По активам
12. www.bankclub.ru/rankings-bkp.htm. По капиталу
13. www.bankclub.ru/rankings-bpp.htm. По прибыли
14. www.bankclub.ru/rankings-bpa.htm. По текущему доходу
Avans (fr. avance) - mo'ljallangan xarajat va to‘lov uchun berilgan pul
mablag‘lari. Davlat Markaziy bankining ko‘rsatmasiga ko‘ra avans xalq xo‘jaligida
kassa jarayonlarini olib borish qoidalariga, asosan, qat'iy belgilangan maqsadlar
uchun beriladi.
Agent kelishuvi - shartnoma turi bo‘lib, jismoniy yoki yuridik shaxs bilan
tuziladi. Shartnomada buyurtmachi nomidan va uning hisobiga ma'lum bir
majburiyatlami agent tomonidan bajarilishi kelishib olinadi.
Aktiv - buxgalteriya balansining bir qismi bo'lib, ma'lum bir muddatga sub’ekt
mablag‘larining tarkibi va joylanishini pul ko'rinishida aks ettiradi.
Akkreditiv (lot. “accredo” - ishonaman) - naqd pulsiz hisob-kitob turlaridan biri.
Ma'lum bir tovar va xizmatlar uchun belgilangan muddatda mol yetkazib beruvchilar
bilan hisob-kitoblar uchun ajratilgan pul mablag'idir.
Aksept (lat. “acckeptuk” - qabul qilingan) - belgilangan sharoit bo'yicha
shartnoma tuzishga rozilik berish. Naqd pulsiz hisob-kitobda aksept xaridoming mol
yetkazib beruvchi taqdim qilgan hisobini to'lashga rozilik bildiradi.
Akseptant (lat. “Acceptane” - qabul qiluvchi) - hisob bo'yicha to'lovni amalga
oshirish uchun rozilik bildirish.
Akseptlash (lat. “acceptare” - qabul qilish) - to'lov hisobini qabul qilish, mol
yetkazib beruvchi schetiga to'lovni o'tkazishga rozilik berish.
Aksiya - aksiyadorlik jamiyati kapitaliga ma'lum bir ulushning qo'shilganligiga
guvoh beruvchi va dividend ko'rinishida foydaning bir qismini olishga huquq
beruvchi qimmatli qog'oz.
Aksiyadorlar - aksiyadorlik jamiyatining a'zosi bo'lib, bunga bir yoki bir necha
aksiyalami sotib olish orqali erishadi.
Analitik hisob - ma'lum bir ko'rsatkich, mablag', jarayon natijasida sodir
bo'lgan hodisalami maydalab, alohida pul, zarur bo'lgan hollarda esa, boshqa o'lchov
birliklari ko'rinishida hisobga olib borish.
Asosiy vosita - material (moddiy) aktivlar bo'lib, bank faoliyatida bir yildan
uzoq xizmat qiladigan va ijaraga berilishi mumkin bo'lgan vositalardir.
Amortizatsiya - eskirishning qiymatdagi ifodasi bo'lib, asosiy vosita aktivning
butun xizmati davomida xarajatlarga qo'shiladigan amortizatsiya qiymatini sistematik
ko'rinishda taqsimlashdir.
Balans (fr. “balance”- muvazanat, tarozining ikki pallasi) - doimiy o'zgarishda
va o'zaro bogMiq kattaliklaming holatini ko'rsatuvchi, ko'rsatkichlar tizimi, tenglik.
Balans ikki qismdan iborat bo'lib, belgilangan muddatga tuziladi.
Bank (fr. “banque”) - to'lov va kreditlarga vositachilik qiluvchi muassasa.
Banklar bo'sh pul mablag'larini yig'adi va ulami tadbirkorlarga foiz hisobida
beradigan muassasa.
Bank korrespondent - boshqa banklar bilan o'zaro munosabatlarda bo'ladigan va
ulaming topshiriqlari bilan ma'lum bir moliyaviy jarayonlami bajaruvchi bank.
Bank emitent - muomalaga pul belgilari, qimmatli qog'ozlar, to'lov-hisob-kitob
hujjanlarini chikaruvchi bank.
Barter - pul emas, balki tovar ko'rinishida bo'lgan o'zaro xo'jalik
munosabatlari.
Birja - bozorning tashkiliy shakli bo'lib, tovarlar, qimmatli qog'ozlar, valuta va
ishchilaming erkin savdosi amalga oshiriladi.
Birja bahosi - birja savdosi orqali sotilayotgan tovarlar bahosi bo'lib, tegishli
tovar bahosining darajasi va dinamikasi yuzasidan ma'lumotlaming muhim va
ishonchli manbai hisoblanadi.
Birja kotirovkasi - birja kopiroval komissiyasi tomonidan ro'yxatga olinadigan
va e'lon qilinadigan savdo birjasining tovarlar bahosi hamda qimmatli qog'ozlar
kursi.
Birja poshlinasi - birja ko'mitasi tomonidan birja kelishuvlarini amalga oshirish
huquqi uchun qimmatli qog'oz xaridorlaridan olinadigan pul yig'imi.
Birlamchi
hisob - hisob jarayonining boshlang'ich bosqichi, xo'jalik
jarayonining ko'rsatkichlari o'lchanadi, aniqlanadi va hujjatlarda aks ettiriladi.
Birlamchi hisob sintetik va analitik hisobning asosi hisoblanadi.
Birlamchi
hujjanlar - buxgalteriya hujjanlari bo'lib, xo'jalik jarayoni sodir bo'lgan vaqtda
tuziladi va ular sodir etilganligi haqida birlamchi guvohnoma hisoblanadi.
Bonifikatsiya
(fr.
“bonifico”
-
yaxshilayman)
-
agar
shartnomada
belgilanganidan tovarning sifati yuqori bo'lsa, shu shartnomaga asosan, ushbu
tovarning bahosiga ustama. Teskari bonifikatsiya (refaksiya) - shartnomada
kelishganidan tovar sifati past bo'lsa, shu tovar bahosidan chegirma.
Broker - xaridorlar va sotuvchilar o'rtasida kelishuv tuzilishidagi savdo
vositachilar. Brokerlar tovarlar va xizmatlaming ma'lum bir turi bo'yicha
ixtisoslashgan bo'lib, mijozlar topshirig'i va nomidan harakat qilib, ulardan
rag'batlantirish oladi.
Buxgalteriya daftarlari - sintetik va analitik hisobni hujjanlarga asosan qayd
qilish.
Gudvil - noaniq nomoddiy aktiv. Gudvil - xaridor tomonidan bank sotib
olinayotganda uning so f aktivlari qiymatidan yuqori to'lanadigan summa sifatida
ta'riflanadi (barcha aktivlaming bozor narxi va barcha majburiyatlaming bozor narxi
o'rtasidagi farq).
Leveraj -b a n k jam i aktivlarining kapital bilan ta'minlanganlik darajasini aks
ettiruvchi ko'rsatkich. U birinchi darajali kapitalning nomoddiy aktivlar qiymati,
jum ladan, gudvillni chiqarib tashlagan holda umumiy aktivlar summasiga nisbati
sifatida aniqanadi.
Lizing sub’ekti - lizing beruvchi (bank), lizing oluvchi (xaridor)
hamda
sotuvchi (mol yetkazib beruvchi).
Ijara - bir tomonnnig ikkinchi tomonga aktivdan foydalanish uchun taqdim
qilgan huquqi.
Mualliflik huquqi- mualliflarga adabiyot, musiqa, tasviriy san'at va boshqa
yaratilgan asarlar uchun qonun yo'li bilan berilgan himoya shakli- Mualliflik huquqi
egalariga ma'lum eksklyuziv huquqlar, jumladan, o 'z ishlarini chop ettirish, qayta
bosish va ko'paytirish, sotish va nusxalarini taqsimlash va o 'z asarlarini ijro etish
hamda yozdirish huquqi beriladi.
Maxsus zaxiralar - “standart”, “substandard’, “shubhali” va “umidsiz” deb
tasniflangan kredit va lizing operatsiyalari yoki boshqa alohida muayyan aktivlar
bo'yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarga qarshi zaxiralar.
Moliyaviy lizing - ijara munosabatlarining alohida turi bo'lib, bunda bir taraf
(lizing beruvchi) ikkinchi taraf (lizing oluvchi) topshiriqiga ko'ra uchinchi taraf
(sotuvchi)dan mol-mulk (lizing ob’ekti)ni lizing shartnomasida belgilangan,
keyinchalik lizing ob’ektining lizing oluvchi mulkiga o'tishi shartlarida uni lizing
oluvchining egalik qilishi va foydalanishi uchun sotib olish tuchuniladi.
Faktoring - xo'jalik yurituvchi sub’ektlar - yetkazib beruvchilami moliyalashga
doir bank xizmatlarining bir turi bo'lib, bunda ular bank - moliyaviy ob’ektga
yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko'rsatilgan xizmatlar uchun
to'lovchilar tomonidan akseptlangan, lekin to'lov talabnomalari bo'yicha hali
to'lanmagan to'lovni regress huquqiisiz olish huquqini berishdir.
|