Bosh buxgalter to’g’rilangan memorial orderlaming kitobchada qolgan
nusxalaridan foydalanib, xodimlaming ishidagi xatolar hisobini yuritadi va ushbu
xatolar sabablarini o ’rganib ishni yaxshilash choralarini ko’radi. Banklararo va
filiallararo elektron to’lovlar bo’yicha xatolami memorial orderlar bilan to’g’rilash
qat'iyan man etiladi. Banklararo va filiallararo elektron to’lovlar bo’yicha xatolami
to’g ’rilash uchun xatolikka yo’l qo’ygan bank filiali, xato elektron to ’lovi j o ’natilgan
bankka "Lotus-Notes" aloqa elektron pochtasi orqali xato o ’tkazilgan to ’lov
to’g ’risidagi ma'lumotni ko’rsatgan holda, xato yuborilgan to’lov hujjatini qaytarish
to’g ’risida iltimosnoma xati jo ’natadi. Bu holda, xato o ’tkazilgan mablag’ni
qaytarilmasligidan qat'i nazar, tashabbuskor bank mablag’ni xatolik aniqlangan
kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan "19997 - Boshqa aktivlar"
hisobvarag’i orqali oluvchining hisobvarag’iga o’tkazishi shart.
9.7.
Dostları ilə paylaş: