T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


Banklarda daromadlar va ularning buxgalteriya hisobi



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

9.4. Banklarda daromadlar va ularning buxgalteriya hisobi
Banklaming daromadlarini to‘g ‘ri hisobga olish va moliyaviy hisobot shakllarini 
tuzish uchun zarur ma'lumotlar majmuini shakllantirishda buxgalteriya hisobi alohida 
ahamiyatga ega. Banklarda buxgalteriya hisobining amaldagi hisobvaraqlar rejasida 
bank daromadlarini hisobga olish uchun alohida to'rtinchi bo‘lim hisobvaraqlari 
tayinlangan bo‘lib, ularda bank daromadlari turlari bo‘yicha hisobga olinadi. Bank 
o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida daromadlar oladilar va bu daromadlar foizli 
va foizsiz ko'rinishga ega bo‘lib, bank faoliyatining moliyaviy ahvoliga ijobiy ta’sir 
ko'rsatadi.
Ushbu daromadlar quyidagi manbalardan: O'zbekiston respublikasi markaziy 
bankidagi 
hisobvaraqlar 
bo'yicha 
foizli 
daromadlari, 
boshqa 
banklardagi 
hisobvaraqlar bo'yicha foizli daromadlari, oldi-sotdi qimmatli qog'ozlar bo'yicha 
foizli 
daromadlari, 
sotishga 
mo'ljallangan 
qimmatli 
qog'ozlarga 
qilingan


investitsiyalar bo'yicha foizli daromadlari, sotib olingan veksellar bo'yicha foizli 
daromadlari, mijozlaming majburiyatlari bo'yicha hisoblangan foizlar, bankning 
to'lanm agan 
aktseptlari 
yuzasidan 
mijozlar 
majburiyatlari 
bo'yicha 
foizli 
daromadlari, O'zbekiston respublikasi markaziy bankiga, shuningdek, boshqa 
mulkchilik shaklidagi yuridik va jism oniy shaxslarga berilgan qisqa hamda uzoq 
muddatli kreditlar bo'yicha foizli daromadlari, so'ndirish muddatigacha saqlanadigan 
qarz qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalar bo'yicha foizli daromadlari, 
boshqa foizli daromadlari, lizing (moliyaviy ijara) bo'yicha foizli daromadlari, 
qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo'yicha foizli 
daromadlardan tashkil topadi.
Foizsiz daromadlar esa- O 'zbekiston respublikasi markaziy bankiga hamda 
boshqa banklarga ko'rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlari 
qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirilgan brokerlik operatsiyalari bo'yicha 
daromadlari, bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan amalga 
oshirgan operatsiyalari bo'yicha daromadlari, sotib olingan debitorlik qarzlari 
bo'yicha daromadlar -faktoring, bankning trast operatsiyalari bo'yicha daromadlari, 
akkreditivlar va aktseptlar bo'yicha vositachilik va boshqa xizmatlar uchun olingan 
daromadlari, overdraft bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar uchun daromadlari, kreditlar 
bo'yicha vositachilik daromadlari, kredit majburiyatlari bo'yicha ko'rsatilgan 
xizmatlar uchun olingan daromadlar, 
menejment xizmati bo'yicha daromadlari, 
sindikat kreditlarda qatnashganlik uchun olingan daromadlari, mahalliy to'lovlar 
bo'yicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlari, xorijiy to'lovlar bo'yicha 
vositachilik 
xizmatlari 
uchun 
olingan 
daromadlari, 
mijozlaming 
inkasso 
operatsiyalari bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlari, kafolatlar 
va kafilliklar bo'yicha operatsiyalami amalga oshirishda ko'rsatilgan xizmatlar uchun 
olingan daromadlari, boshqa ko'rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan 
daromadlar, xorijiy valyutalardagi foyda, qaram xo'jalik jamiyatlariga, qo'shm a 
korxonalarga va shu'ba xo'jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan olingan 
foyda va dividendlari, investitsiyalardan olingan foyda va dividendlari, boshqa foizsiz 
daromadlari, ya'ni bank asosiy vositalarining ijarasidan olingan daromadlari bankning 
boshqa ko'chm as mulkka qilingan investitsiyalaridan olingan daromadlari, bank 
asosiy vositalami sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foydasi, bankning boshqa 
xususiy mulklarini sotish va yoki dispozitsiya qilishdan olingan foydasi, hisobdan 
chiqarilgan mablag'larining qaytarilishidan ko'rilgan daromadlardan iborat.
Ushbu hisobvaraqlar passiv hisobvaraqlar bo'lib, ulaming kreditida olinadigan 
daromad hisobga olinadi va hisobvaraqlaming debetiga esa qachonki olingan 
daromad foyda tarkibiga o'tkazilganda yoziladi. Shuningdek ushbu hisobvaraqning 
debetiga olinadigan foiz daromadlari n o to'g'ri hisoblanganda ham yoziladi. Agar 
tijorat banki 01.07.2007 yil holatiga o 'z mijozi bo'lgan qo'shm a korxonaga 1 000
000 so'm qaytarish sharti bilan 6 oy muddatga, yillik 20% miqdorida qisqa muddatli 
kredit berdi. Bir oylik o'rtacha foiz to'lovi 16667 so'm . Ushbu operatsiyalar 
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida quyidagicha rasmiylashtiriladi: Asosiy kredit 
summasiga,
Dt 12901- “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli 
kreditlar” hisobvarag’i - 1000000 so'm ,


Kt 16103- “Bosh bank / filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar 
bo’yicha olinadigan mablag’lar’ hisobvarag’i - 1000000 so‘m.
Foiz hisoblanganda esa,
Dt 16309- “ Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” hisobvarag’i - 16667 so ‘m,
Kt 42401- “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli 
kreditlar bo'yicha foizli daromadlar” hisobvarag’i - 16667 so‘m.
Agar ushbu hisoblangan foiz summasi mijoz tomonidan to'lansa unda:
Dt 20214- “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalaming talab qilib olinguncha 
saqlanadigan depozitlari” hisobvarag’i - 16667 so‘m,
Kt 16309-“Kreditlar bo'yicha hisoblangan foizlar” hisobvarag’i - 16667 so ‘m. 
Hisoblangan foiz to'lovlari yil oxirida sof foyda tarkibiga o ‘tkazilganda,
Dt 42401- “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli 
kreditlar bo'yicha foizli daromadlar” hisobvarag’i - 100000 so'm,
Kt 31206- “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag’i - 100000 so'm. 
Kreditning asosiy summasi to'liq qaytarilganda,
Dt 16103- “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo'yicha 
olinadigan mablag'lar” hisobvarag’i - 1000000 so'm ,
Kt 12901- “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli 
kreditlar” hisobvarag’i - 1000000 so'm.
Yuqorida ta'kidlanganidek, bank daromadlarining tarkibida investitsiyalardan 
olinadigan daromadlar ham sezilarli solmoqqa ega. Ushbu daromadlar 44800- 
“So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga qilingan 
investitsiyalar bo'yicha foizli daromadlar” - «So'ndirish muddatigacha saqlanadigan 
qarz qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalar bo'yicha foizli daromadlar» 
hisobvarag'ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqning kreditida investitsiyalar 
bo'yicha hisoblangan foiz daromadlari, debetida esa ushbu daromadlar foyda 
tarkibiga o'tkazilishi aks ettiriladi. Investitsiya qilingan m ablagiarga hisoblangan 
foiz summasiga quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi tuziladi:
Dt 16311- “So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga 
qilingan investitsiyalar bo'yicha hisoblangan foizlar” hisobvarag’i,
Kt 44800-“So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga 
qilingan investitsiyalar bo'yicha foizli daromadlar” - tegishli hisobvaraqlari.
Foiz daromad sifatida tan olishda, esa,
Dt 44800-“So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga 
qilingan investitsiyalar bo'yicha foizli daromadlar” - tegishli hisobvaraqlar bo'yicha 
foiz daromadlari,
Kt 31206- Sof foyda (zarar) hisobvarag'i.
Shunday kilib, banklar faoliyatida olinadigan daromadlaming buxgalteriya 
hisobi hisobvaraqlarida yuqorida keltirilgan tartibda aks ettirilishi buxgalteriya 
hisobini xalkaro standartlar talabi darajasida tashkil qilishni ta'minlaydi va 
banklaming moliyaviy hisobotlarini tuzish uchun zarur ma'lumotlar majmuini 
vujudga keltiradi.


Daromadlar - 
bu bankning 
odatdagi 
faoliyati natijasi sifatida iqtisodiy 
resurslaming yoxud aktivlaming oqib kelishi 
yoki o‘sish yo‘li orqali yoxud 
majburiyatlaming qisqarishi yo‘li orqali o ‘sishidir.
Xarajatlar - bu foydani ko‘paytirish maqsadida bank faoliyatidan kelib 
chiqadigan passivlam ing kamayishi yoki majburiyatlami o 'z zimmasiga olish orqali 
ro‘y beradigan iqtisodiy resurslaming kamayishidir.
Iqtisodiy adabiyotlarda tan olishni moddaning bank moliyaviy hisobotlariga 
kiritilishi jarayoni deb ta'riflaydi. Tan olish ko'rsatilgan summani hisobotning 
yakuniy ko'rsatkichlarida aks ettirishdan iboratdir.
Daromad moddalarini qondirish lozim bo'lgan tan olish mezonlari quyidagicha:
a) modda o'lchash uchun tegishli asosga ega va summani oqilona baholashni 
amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi;
b) kelgusida iqtisodiy manfaatlaming olinishi mumkinligi yoki olinishidan 
iboratdir.
Shunday 
qilib, 
daromadlar 
odatda 
shartnomaning 
bajarilishi 
amalga 
oshirilganda va tushumni o'lchash hamda olish imkoni mavjudligi to'g'risida qat'iy 
ishonch hosil bo'lganda tan olinadi. Daromad va xarajatlar o'zaro sabab-natijaviy 
munosabatlar bilan bog'liq bo'lganda xarajat daromadga mos keladi va bitta davr 
daromadining yakuniy hisob-kitobiga kiritiladi. 
Boshqa hollarda 
xarajatlar 
daromadlar bilan 
bog'liq bo'lmasligi mumkin, biroq, operatsiyalar amalga 
oshiriladigan davrga tegishli bo'lishi mumkin.
Tan olishning 4 mezoni - aniqlash, baholash, o 'z vaqtlilik va ishonchlilik - 
moliyaviy 
hisobotlarda tan olish uchun hamma modalarga nisbatan qo'Ianiladi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda banklar daromadini vaqtiga muvofiq tan olishda 
quyidagi 
usullardan foydalanish qo'llaniladi: daromadlami tan olishning kassa usuli, 
shartnoma yoki aktivdan foydalanish davri davomida tan olish usuli.
Tijorat banklari tomonidan ko'rsatiladigan xizmat turlari ichida shundaylari 
mavjudki, ulardan olingan daromad xizmatlar bajarilganida tan olinadi. Shuning 
uchun ham daromadni tan olishning ushbu usuli kasa usuli deb ataladi.
Shartnoma yoki aktivdan foydalanish davri davomida daromadni tan olish usuli 
bank o 'z aktivlaridan boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanish uchun 
shartnoma asosida 
berilganda 
qo'llaniladi. Banklaming daromadlari ulaming 
xarajatlarini qoplaydigan asosiy manba hisoblanadi. Bank daromadlari asosan ikki 
manbadan tashkil topadi: foizli va foizsiz daromadlardan, shuningdek, bank 
xarajatlari ham uch manbadan; foizli va foizsiz hamda operatsiyaon xarajatlardan, 
ulaming tarkibi yuqoridagi paragrafda keltirilgan.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin