T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Banklarda lizing operatsiyalarining buxgalteriya hisobi



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

5.9. Banklarda lizing operatsiyalarining buxgalteriya hisobi
Lizing bitimi lizing ob’ektini foydalanishga qabul qilish bayonnomasi 
imzolanib, mulkka egalik huquqi lizing beruvchiga o'tganidan so'ng amalgan 
oshirilgan hisoblanadi. Foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi lizing oluvchi 
tomonidan rasmiylashtiriladi, kelishuvda qatnashayotgan barcha tomonlar: lizing 
beruvchi, 
lizing 
oluvchi 
hamda 
sotuvchi 
tomonidan 
imzolanadi. 
Lizing


shartnomasiga binoan, lizing oluvchi lizing ob’ektiga butun lizing muddati davomida 
egalik qilish va foydalanish huquqini oladi.
Lizing shartnomasining muddati tugaganidan so‘ng lizing ob’ekti, agar 
shartnomada boshqa narsaga kelishib olingan bo'lmasa, bankka bu mol-mulkning 
qoldig' qiymati to'langanidan so'ng lizing oluvchining mulkiga o'tadi. Lizing 
to'lovlarining summasi amortizatsiya ajratmalari, lizing stavkasi (kredit foizi), 
komission to'lovlar va ko'rsatilgan qo'shimcha xizmatlar uchun haqdan tashkil 
topadi. Lizing to'lovi tarkibiga lizing shartnomasi shartlariga muvofiq lizing beruvchi 
tomonidan sug'urta obekti uchun to'langan sug'urta to'lovlari ham kiritilishi 
mumkin. Lizing stavkasi kredit uchun foiz to'lovi hisob-kitobi kabi aniqlanadi.
Lizing to'lovlari lizing oluvchi tomonidan jadval asosida to'lanadi. Jadval 
taraflar kelushivi bilan tuzilib, lizing shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi. 
Lizing to'lovi lizing pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilganda lizing oluvchi 
lizing to'lovini amortizatsiya ajratmalari, foizlar, komission va qo'shimcha to'lovlar 
alohida ajratib ko'rsatish bilan aniqlashtirib berilishi shart. Lizing to'lovi kelib 
tushgandan so'ng ajratib ko'rsatilgan alohida to'lovlar bo'yicha bank tomonidan 
tegishli buxgalteriya o'tkazmalari amalga oshiriladi: lizing uchun foizlar, komission 
va boshqa to'lovlar tijorat banklari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga 
muvofiq bank daromadiga yoziladi.
Lizing shartnomasi bo'yicha mol etkazib beruvchiga mablag'lami o'tkazganda: 
Dt 15600- «Lizing (moliyaviy ijara) tegishli hisobvarag’,
Kt 20200- “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” — hisobvarag’i. 
Lizing bo'yicha foiz stavkasi hisoblanganda esa:
Dt 16323- «Lizing bo'yicha hisoblangan foizlar (moliviy ijara) hisobvarag'i,
Kt 45100- «Lizing (moliyaviy ijara) bo'yicha foizli daromadlar» tegishli 
hisobvarag'i.
Agar, mijoz (lizing oluvchi)dan lizing to'lovi kelib tushganda,
Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i,
Kt 15600- «Lizing (moliyaviy ijara) tegishli hisobvaraqlari,
Kt 16323- «Lizing bo'yicha hisoblangan foizlar (moliviy ijara),
Kt 45100- «Lizing (moliyaviy ijara) bo'yicha foizli daromadlar» tegishli 
hisobvaraqlar.
Agar, lizing to'lovlari vaqtida to'lanmasa 45117- «Muddati o'tgan lizing 
bo'yicha foizli daromadlar» hisobvarag'iga o'tkazilidi va mablag' kelib tushishi 
natijasida undirilishi kutib turiladi.
Qisqa xulosalar
Kredit, lizing va faktoring operatsiyalarining hisobi - bu bankning bo'sh turgan 
kredit resurslarini daromad keltiruvchi manbaalarga vaqtinchalik tavakkalchilik 
asosida yo'naltirishlari tushuniladi. Bunda, ushbu operetsiyalardan ko'rilishi lozim 
bo'lgan zarar (xarajat) lar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlar bo'yicha zahiralar tashkil 
qilish zaruriyatini vujudga keltirishidi.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin