T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash tartibi



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

5.5. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash tartibi
va ularni hisobga olish
Tijorat banklarini qayta moliyalash uchun kreditni berishni Markaziy bank 
tomonidan amalga oshiriladi. Bu operatsiya O'zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan Nizomga asosan amalga oshiriladi. 
Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki to'g'risida»gi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasining 1994 
yil 3 maydagi 234-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va O'zbekiston 
Respublikasi Valyuta birjasi quzuridagi kredit rusurslari kimoshdi savdolari orqali 
tijorat banklarini qayta moliyalash uchun kreditlar berish tartibini belgilaydi. Bu 
jarayon Markaziy bankning pul-kredit vositalaridan biri bo'lib hisoblanadi.
Qayta moliyalash - Markaziy bank tomonidan amalga Imniriladigan pul kredit 
siyosati vositalaridan biri bo'lib, u ikkinchi daraja banklarining Iikvidlik holatini 
qo'llab-quwatlash uchun yo'naltiriladi.
Markaziy bankning qayta moliyalashtirish operatsiyasi quyidagi usullarda olib 
borilishi mumkin: Banklaming ixtiyoridagi veksellami hisobga olish yo'li bilan 
kreditlash; tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatli qog'ozlami garov, olish yo'li 
bilan kreditlar berish, ya'ni lombard kredita; to'g'ridan-to'g'ri kredit berish usuli.
Qayta moliyalash kreditlarini berayotganda Markaziy bank Banklaming kredit 
potentsialining joriy holatyni doimiy kuzatib turadi. Buning uchun u joriy 
monitoringlar o'tkazadi, ular vakillik hisobvaraqlarini tahlil qiladi va asosan o'zi 
kreditlami joylashtirish va. jalb etish uchun qatnashadigan banklararo kredit bozori - 
O'zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi quzuridagi kredit resurslari kimoshdi 
savdosini kuzatib boradi.
Banklaming likvid holatini saqlashga yo'naltiriladigan, ulami qayta moliyalash 
uchun beriladigan kreditlar miqdori, shuningdeq qayta moliyalash stavkasi, Markaziy 
bank tomonidan pul-kredit siyosatining joriy vaqtdagi aniq vazifalariga muvofiq
hamda pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlarini hisobga olgan holda belgilanadi. 
Bunda qayta moliyalash stavkasi inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 
o'zgartirilishi mumkin.
Markaziy bank yuqorida aytilgan qonunga muvofiq, tijorat banklariga milliy 
valyutada lombard kreditni berishi mumkin. Lombard kredita qayta moliyalash 
shakllaridan biri bo'lib, ushbu kredit Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini garovga 
qo'yish yo'li orqali beriladi. Lombard kreditining berilishi amaldagi Nizomga asosan 
amalga, oshiriladi.
Qayta moliyalash kreditlari 
41-sonli 
tartibiga muvofiq joylashtiriladi. 
Keyinchalik 
qayta 
moliyalash 
kreditlari 
O'zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining maxsus ko'rsatmalari bo'yicha ularda belgilangan shartlar 
asosida Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklari o'rtasida 
tuziladigan 
kredit shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kredit shartnomasida 
quyidagilar ko'zda tutiladi: tomonlar nomi; ulaming o'zaro majburiyatlari va 
iqtisodiy ma'suliyati; kredit muddati va miqdori; aniq maqsad ko'zlanganligi; kredit 
berish va qaytarish tartibi; foiz stavkasi va uni o'zgartirish shartlari; ta'minlash 
shakllari; jarima solish va tomonlar shartlashuvining 
boshqa jihatlari. Markaziy


bank tomonidan tijorat banklariga kredit berishda Markaziy bank tomonidan 
o ‘matiIgan iqtisodiy me'yorlarga majburiy zahira talablariga rioya qilish e'tiborga 
olinadi.
Ayrim hollarda Banklaming vakillik hisobvaraqlarida mablag'lar umuman 
bo'lmagan yoki etarli bo'lmagan holatlarda kechiktirib bo'lmaydigan to'lovlami 
amalga oshrish uchun tijorat bankiga, istisno tariqasida majburiy to'lovlami amalga 
oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan uning 
hududiy Bosh boshqarmasi rahbari taqdimnomasi bo'yicha bank likvidligini qo'llab- 
quwatlash uchun kredit berilishi mumkin.
Bu kreditni olish huquqiga O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
iqtisodiy me'yorlariga rioya etadigan, zahira, majburiy zahira shartlarini to'liq 
bajaradigan, tijorat banklariga beriladigan ya’ni kreditni qaytmaslik xatari yo'q va u 
muddatida foizi bilan to'liq qaytishi ta'minlangan holda beriladi. Kredit 7 ish kuni 
muddati bilan tijorat banki tomonidan kredit resurslarini tartibga solish fondiga 
o'tkaziladigan mablag'laming 30% miqdorida beriladi. Kreditning o'z vaqtida, to'liq 
qaytmaslik hollari yuz berganda yoki kredit shartlari buzilgan hollarda Markaziy 
bank tijorat bankiga nisbatan kredit shartnomasida ko'rsatib o'tilgan choralami 
qo'llash huquqiga ega. Agar kreditning -qaytmaslik hollari yuz bersa Markaziy bank 
garov mol-mulkini talab qilib olishga haqli. Ushbu kredit bo'yicha foiz stavkasi 
Markaziy bank amaldagi qayta moliyalash stavkasida 1,3 barovarga ortiq miqdorda 
belgilanadi.
Tijorat bankida Markaziy bank tomonidan unga ilgari berilgan ushbu kreditlar 
bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik vujudga kelgan hollarda, quyidagi ta'sir choralari 
qo'llaniladi: 
belgilangan foiz stavkasi 2 baravar oshiriladi; 
"O'zbekiston 
Respublikasining 
Markaziy 
banki 
to‘g‘risida"gi qonunning 
59-moddasiga 
binoan 
muddati 
o'tgan qarz bosh bank hisobvarag'idan undirib olinadi. 
Agar 
bosh 
bank 
hisobvarag'ida qarzlami qoplaydigan miqdorda mablag'lar 
bo'lmasa, ushbu qarz to'la qaytarilmaguncha 
bank 
vakillik 
hisobvarag'i 
bo'yicha operatsiyalar to'xtatiladi.
Muddatidan oldin bo'shagan qayta moliyalash kreditlarini o'z vaqtida 
qaytarmaganlik 
uchun 
tijorat 
banklariga nisbatan 
Markaziy 
bank 
kredit 
qaytarilmagan hollarda Markaziy bank garovga qo'yilgan mulkni sotish yoki kafolat 
xati bo'yicha talabnoma qo'yish orqali qarz summasini undirib olish huquqiga ega.
Qayta moliyalash kreditlarini belgilangan muddat ichida qaytarilishni 
ta’minlamagan tijorat banklariga nisbatan 1997 yil 25 yanvardagi 74-sonli 
yo'riqnomaning 6-bandiga va unga kiritilmagan 1998 yil 27 iyundagi 406-sonli 
qo'shimchaning 1-bandida ko'rsatilgan ta’sir choralari qo'llaniladi.
Banklar tomonidan aniq maqsadli kredit resurslaridan belgilangandan tashqari 
maqsadlarda foydalanishiga yo'l qo'ilgan hollarda, Ushbu kreditlar muddatidan oldin 
qaytarib olinadi.
Qayta moliyalash kreditlari bo'yicha marja darajasi Markaziy bank tomonidan 
belgilanadi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga berilgan qayta moliyalash 
kreditlarini hisobini yuritish bo'yicha operatsiyalar balansdagi 12101- «Boshqa 
banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar» va 12602 -«O'zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankidan olingan qisqa muddatli kreditlar» hisobvarag'ida aks ettiriladi.


Muddati kechiktirilgan qayta moliyalash kreditlari hisobi 12109- «Boshqa 
banklarga berilgan muddati kechiktirilgan qisqa muddatli kreditlar» hisobvarag'ida 
hisobga olinadi. Muddati o'tgan qayta moliyalash kreditlari hisobi 12105- «Boshqa 
banklarga berilgan muddati o'tgan qisqa muddatli kreditlar» hisobvarag'ida aks 
ettiriladi.
Agar kredit bergan bankda;
Dt 12101-"Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar"
Kt Tijorat banki vakillik hisobvarag'i yoki
Kt 21602—«O'zbekiston respublikasi Markaziy bankidan olingan qisqa muddatli 
kreditlar» hisobvarag'ida hisobga olinadi.
Kredit olgan bankda esa:
Dt Tijarat banki vakillik hisobvarag'i yoki 2 1 6 0 2 -« 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankidan olingan qisqa muddatli kreditlar» hisobvarag'i,
Kt 21602 - 21606 - «O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan (boshqa 
banklardan) olingan qisqa muddatli kreditlar» hisobvarag'ida hisobga olinadi.
Balans hisoboti tuzish yoki hisob-kitob sanasida: kredit bergan bo'lsa, olish 
uchun hisoblangan foizlar summasi;
Dt 16309 (tijorat banki) yoki 16305 «Markaziy bank) «Olish uchun hisoblangan 
foizlar summasi»,
Kt 41601 «Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo'yicha foiz 
daromadlari» hisobvarag'i.
Kredit olgan bankda, to'lash uchun hisoblangan foizlar summasi;
Dt 53101 - 53106 (tijorat banki) yoki 52002 «Markaziy bank) «Markaziy 
bankdan olingan qisqa muddatli kreditlar bo'yicha foizli xarajatlar» hisobvarag'i,
Kt 22410 «Olingan kreditlar bo'yicha hisoblangan foizlar» hisobvarag'i.
To'lash muddati etib kelganda va tijorat banki vakillik xisobvarag'ida etarli 
mablag'lar mavjud bo'lganda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
a) Kredit uchun to'lov summasi;
Dt 21606 (tijorat banki) yoki 22114 (Markaziy bank) "Markaziy bankdan 
(boshqa banklardan) olingan qisqa muddatli kreditlar",
Kt 10301 - “Tijorat banki vakillik hisobvarag'i (o'ziniki)”.
b) To'lash uchun hisoblangan foizlar summasi:
Dt 22410 "Olingan kreditlar bo'yicha hisoblangan foizlar",
Kt 10301-“Tijorat banki vakillik hisobvarag'i (o'ziniki)”.
Tijorat 
banki 
vakillik hisobvarag'ida pul 
mablag'lari bo'lmagan yoki 
etarli 
bo'lmagan 
va 
kredit 
belgilangan 
muddatda to'lanmagan hollarda 
quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: kredit bergan bankda: Muddati 
o'tgan kredit to'lov summasiga;
Dt 12105- "Boshqa banklarga berilgan muddati o'tgan kreditlar",
Kt 12101- "Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar" hisobvarag'i.
Kredit olgan bankda muddati o'tgan kredit summasi balansdagi 21602-21606 - 
"Markaziy bankdan (boshqa banklardan) olingan qisqa muddatli kreditlar" 
hisobvarag'ida hisobga olinadi.


Muddatida to'lanmagan qarzlar sumrnasidagi kredit resurslari kreditorga 
qaytarilayotganda quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: kredit olgan 
bankda:
Dt 21602-21606- (tijorat banki) yoki 22114 -(Markaziy bank) "Markaziy 
bankdan (boshqa banklardan) olingan qisqa muddatli kreditlar",
Kt- «Tijorat banki vakillik hisobvarag'i (o‘ziniki) hisobvarag'i.
Kredit bergan bankda;
Dt- «Tijorat banki vakillik hisobvarag'i»,
Kt 
12105- 
"Boshqa 
banklarga 
berilgan 
muddati 
o‘tgan 
kreditlar" 
hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
Muddatidan oldin bo'shagan qayta moliyalash kreditlarini o‘z vaqtida 
qaytarmaganlik 
uchun tijorat 
banklariga nisbatan 
Markaziy 
bank 
kredit 
shartnomasida ko‘zda tutilgan choralar qo'llashga haqli.
Qayta moliyalash kreditlari qaytarilmagan hollarda, Markaziy bank garovga 
qo'yilgan mulkni sotish yoki kafolat xati bo'yicha talabnoma qo'yish orqali qarz 
summasini undirib olish huquqiga ega. Banklar tomonidan aniq maqsadli kredit 
resurslaridan belgilangandan tashqari maqsadlarda foydalanishiga yo'l qo'yilgan 
hollarda, ushbu kreditlar muddatidan oldin qaytarib olinadi. Ta'sir choralari Markaziy 
bank hududiy Bosh boshqarmasi va tijorat banki o'rtasida tuziladigan kredit 
shartnomalarida aks ettirilishi shart.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin