9 - Bob. Banklarda moliyaviy natijalar hisobi va moliyaviy hisobot
9.1. Banklarda moliyaviy natijalarning shakllanishi
Banklarda moliyaviy natijalar operatsion oy yakunlangandan so‘ng
yakuniy
balansda o ‘z aksini topadi. Biroq, moliyaviy natijalami to'liq barcha bank
operatsiyalari bo'yicha aniqlash, shuningdek, bank majburiyatlarini
qoplash va ulami
to'lab berish yillik moliyaviy hisobotlarda o 'z aksini topadi. Banklarda ham
moliyaviy natijalami shakllantirish amaldagi me'yoriy hujjatlarga asosan amalgam
oshiriladi27.
Shu boisdan, Banklarda moliyaviy natijalami aks
ettirish uchun buxgalteriya
hisobining hisobvaraqlari 31200- «Taqsimlanmagan foyda», 40000-«Daromadlan> va
50000- «Xarajatlar» hisobvaraqlaridan foydalaniladi.
Bunda, tijorat banklari
faoliyatini amalga oshirishdagi barcha operatsiyalar bo'yicha sarflanadiga va
to'lanadigan xarajatlami 50000- «Xarajatlar»
hisobvaraqlarida aks ettirilib, butun oy
yoki yil davomidagi xarajatlar analitik va sintetik hisob
ma'lumotlarida
rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, bank operatsiyalari faoliyatini tashkil qilish
va mijozlariga xizmat
ko'rsatish jarayonida ulardan foizli hamda foizsiz tarzda olingan ustamalar, shu bilan
bir qatorda, bank tomonidan o 'z aktivlarini daromadli manbalarga joylashtirilishi
tufayli olingan daromadlaming barchasi 40000-«Daromadlao> hisobvaraqda hisobga
olinadi.
Natijada, bank faoliyatini amalga oshirishda qilingan barcha xarajatlar
olingan daromadlar hisobidan qoplanishi va ortiqcha m ablag'lar bankning hisobot
yilidagi (oy) s o f foydasi hisoblanadi. Ushbu sof
foyda hisobidan soliqlar va
aktsiyadorlarga to'langan (dividenddan soliq)
dividendlardan qolgani bankning
taqsimlanmagan foydasiga o'tkaziladi.
Ushbu yuqoridagi operatsiyalar bankning moliyaviy natijalarini ifodalab,
ushbu
natijalar buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida qar bir operatsiyaning o'ziga xos
xususiyatlarini inobatga olib, ulami daromad va xarajat sifatida bank faoliyatining
turlari bo'yicha alohida-alohida hisobga olishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: