Tadqiqotning ilmiy yangiligi: - MTM tarbiyachilari va ota –onalar uchun oilada bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga qoʻyilgan talablar va rioya qilish usullarining nazariy asoslari tavsiya etildi.
Kurs ishning tarkibiy tuzilishi: kirish, ikki bob, toʻrtta fasl, xulosa va tavsiyalar, hamda foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatida iborat.
1-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM – TARBIYA BERISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
1.1. Maktabgacha ta`lim tushunchasi Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlangʻich qismi hisoblanadi. U bolaning sogʻlom va rivojlangan shaxs boʻlib shakllanishini ta`minlab, oʻqishga boʻlgan ishtiyoqini uygʻotib, tizimli oʻqitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha boʻlgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi oʻqishga tayyorlash, bolani sogʻlom, rivojlangan, mustaqil shaxs boʻlib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, oʻqishga, tizimli ta`limga boʻlgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yongʻin xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga boʻlgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Maktabgacha ta`lim tizimi Maktabgacha ta’lim muassasalari – Oʻzbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi boʻlib, turli yoʻnalishdagi maktabgacha boʻlgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalashni, oʻqitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sogʻlomlashtirishni ta`minlaydi.
Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul mablagʻlari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari toʻgʻrisidagi kerakli ma`lumotlarni “Oʻzbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi toʻgʻrisida Nizom” dan olishinigiz mumkin.