T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

Mamlakatlar
Indekslar
AQSh
Dow Jones Index, Standard & Poor’s 500
Yaponiya
Nikkei, Topix
Buyuk Britaniya
FT-30, FT-100
Germaniya
DAX
Fransiya 
CAC 40
Shveytsariya
CreditSuisse
Yevropa, Avstraliya, 
Uzoq Sharq
MSCI, EAFE
Investitsiya qilingan kapital daromadlilik dinamikasini 
ma’lum bir birja (fond) indeksiga bog‘lash maqsadiga asos-
langan investitsiya strategiyasiga 
indeksatsiyalash, 
deyila-
di. Uning asosida quyidagi oddiy haqiqat yotadi: birgalashib 
o‘z kapitalini qimmatli qog‘ozlarga qo‘ygan barcha investor-
lar butun fond birjasi daromadliligidan ko‘proq rentabellik-
ka erisha olmaydilar. 
Indeksatsiyalash strategiyasini qo‘llagan holda, mene-
jer o‘z investitsiya fondida investitsiya tarkibiy tuzilmasini 
qayta tashkil etishga urinadi. Bu tarkibiy tuzilma asosida 
mo‘ljal sifatida tanlangan indeks olinadi. U o‘z fondining 
aksiyalari paket
198
iga barcha qimmatli qog‘ozlarni mazkur 
indeks hisoblanadigan narxlar asosida, mazkur indekslar 
bazasi juda yuqori bo‘lganda esa, faqat reprezentativ tan-
lab olinganlarinigina qo‘shadi. Bunday hollarda pul mab-
lag‘larini “aktiv” boshqarish usulini ishlatishga yoxud in-
deks-mo‘ljaldan “o‘zib ketish”ga intilib, alohida qimmatli 
qog‘ozlarga yoki iqtisodiyot sohalariga umid qilishga uri nishlar 
qilinmaydi. Shunga ko‘ra indeksatsiyalash – bu keng diversi-
fikatsiyaga va qimmatli qog‘ozlar portfeli sust savdo aktivligi
-
ga tayangan passiv
199
investitsiya strategiyasidir.
198
“Paket” fransuzcha “paguet” – tuguncha, bo‘g‘cha; xalta. Qarang: 
o‘sha manba. J. III. – B.206.
199
“Passiv” lotincha “passivus” – harakatsiz. 1. Korxona va tashkilot-
larning barcha qarzlari va majburiyatlari. 2. Buxgalteriya balansining o‘ng 


Moliya
139
Albatta, indeksatsiyalash strategiyasi bilan boshqarila-
digan fondlarnikiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichlarga 
ega aktiv boshqariladigan fondlar har doim mavjud bo‘la-
di. Bu ehtimol, masalan, omad kelish natijasi bo‘lishi ham 
mumkin. Ayrim investitsiya portfelini boshqaruvchilar 
shunchaki tasodif tufayli qo‘ygan kapitalidan faqat yuqori 
foydani va hattoki, davomli “omad kelishi” davrida inves-
titsiyaning yuqori rentabelligini ta’minlashga erishadilar. 
Bundan tashqari shunday menejerlar borki, ular mislsiz 
qobiliyat va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, shu tufayli investit-
siya qilingan kapitallar ma’lum vaqt mobaynida yuqori foy-
da keltiradi
200

Investorning rahbarligi aktiv boshqarish strategiyasiga 
asoslangan fondlarni tanlashdagi muammo shundaki, ular-
dan qay biri uzoq vaqt davomida yetakchi bo‘lib qolishini 
oldindan aniqlab bo‘lmaydi. 

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin