T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev, I. S. Hasanov mutaxassislikka


-BOB. «MUTAXASSISLIKKA KIRISH»



Yüklə 9,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/188
tarix25.09.2023
ölçüsü9,7 Mb.
#148220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Mutaxassislikka kirish

1-BOB. «MUTAXASSISLIKKA KIRISH»
FANI VA OLIY TA’LIMDA 0 ‘QITISH JARAYONI
MASALALARI
1.1. «MUTAXASSISLIKKA KIRISH»
FANI VA UNING VAZIFALARI
Mamlakatimizda ta’lim sohasini isloh qilishning muhim hujjat- 
larida ko'rsatib o‘tilganidek, oliy o‘quv yurtlarining asosiy vazifalari 
o‘rgatilayotgan fanlarni mukammal egallagan, o'z mutaxassisligi 
bo‘yicha har tomonlama chuqur va mustahkam bilimga ega boigan, 
mustaqil tafakkur qila oladigan davlat siyosatini xalq ommasi 
o‘rtasiga targ'ibot qilishga layoqatli, g‘oyaviy e’tiqodli, ijodkor va 
intizomda namuna b o ia oladigan yetuk kishilarni tarbiyalashdan 
iboratdir.
Ayniqsa, voshlarimizning fan-texnika taraqqiyotini jadallash- 
tirishda kompvuter, internet bilan ish yurita oladigan, bilimdon 
bo‘lishlari davr talabi boiib qolmoqda. Buni har yili muntazam 
ravishda oikazilayotgan «Talaba va fan-texnika taraqqiyoti» 
olimpiadasi nomidan ham bilib olish qiyin emas. | Oliy o‘quv 
yurtlari xalq xo‘jaligini malakali mutaxassis bilan ta’minlash 
manbai boiibgina qolmay, shu bilan birga mamlakat ilmiy tadqiqot 
majmuasining muhim tarkibiy qismi hamdir.
Davlatimizni qaror va ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, oliy 
m aiumotli yetuk mutaxassislar tayyorlash, ularning sifatli va 
samarali bilim olishlarini ta’minlash uchun o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, 
ilmiy va jamoat ishlarini yuqori talablar darajasida ko‘tarish 
maqsadida talabalar bilan ta’limning dastlabki bosqichlaridayoq 
muntazam va astoydil shug‘ullanish zarurligini kun tartibiga 
qo‘ymoqda. Ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, I—II kurs 
talabalarining ko‘plari oliy maktab metodlarini juda sekinlik bilan 
6


o‘zlashtiradi, o‘z vaqtini to‘g‘ri rejalashtira olm aydi/undan unumli 
foydalanishni bilmaydi. Ba’zan esa o‘z tanlagan kasbi haqida yetarli 
tasavvurga ega boimaydi.
/ ^ M a ’lumki barcha ta’lim yo‘nalishlarida mustaqillikning dastlabki 
yillaridan boshlab o‘quv rejalariga «Mutaxassislikka kirish» tanlov 
fani sifatida o‘qitib kelinmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad, 
talabalarni oliy o‘quv yurti hayotiga tezroq moslashtirish, uning 
sharoitini o‘zlashtirib olishda ko'maklashish bolib, oqibatda fanlarni 
yaxshi o‘zlashtirishlarida yordam berish, o‘zlashtirmaslikning oldini 
olishdan iboratdir.
«Mutaxassislikka kirish» fani talabalarni hozirgi xalqaro ahvol, 
davlatimizning ichki va tashqi siyosati, o‘quv yurtlarining qisqacha 
taraqqiyoti tarixi, ularning tuzilishi va vazifalari, o‘quv jarayonini 
ilmiy asosda tashkil etish, o‘qitish jarayonining asosiy formalari, o‘quv 
rejalari mazmuni, ilmiy tekshirish ishlari, o'qish va ilmiy ishlarni 
bajarishda texnika vositalaridan foydalanish, talabalarning huquq va 
burchlari, kunlik ish rejimi va mustaqil ishlashni to'g'ri tashkil etish, 
axborot resurs markazlaridan foydalanish, kitob ustida ishlash, tabiat 
muhofazasi, bibliografiya texnikasi kabilar bilan tanishtiradi.
Ushbu kursda materiallarning o‘zlashtirilishi uchun nimalar 
qilinishi 
lozimligi, 
o‘zlashtirishni 
hisobga 
olish, 
talabalarni 
reyting tizimi va test usullar orqali bilmini aniqlashga tayyorlash 
hamda ularni o‘tkazishni tashkil etish, talabalar o‘quv tadqiqot va 
ilmiy tekshirish ishlarining asosiy mazmuni, ularning turmushi
madaniyati va dam olishini tashkil etish, o‘quv mehnati va turmush 
nafosati singari sohalargalYam alohida o‘rin ajratiladi. 
^
Barkamol, komil shaxsni kamol toptirmay turib, jamiyatning 
moddiy bazasini, intellektual boyligini yaratmay turib, demokratik 
jamiyatni takomillashtirib boimaydi. Hukumatimiz qo‘ygan bu 
vazifa har birimizning zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi.
Bu ulug‘vor vazifani amalga oshirish uchun yangi kishini 
shakllantirish qonunlarini aniq va ravshan bilib olishimiz kerak. 
Ayniqsa, yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash ishida bevosita band 
boigan kishilar buni chuqur bilishlari zarur.
7


Prezidentimiz Islom Karimov «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra 
kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart» yana «Bilimga 
chanqoq, iste'dodli yoshlarni topib, ularni Vatanga fidoyi insonlar 
qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir» deb ta’lddlaganlar. Ushbu 
murakkab vazifani ado etishlari uchun vatanga sadoqat va insonga 
xos boigan 
1
azilatlar samimiylik. oddiylik, kamtarinlik, yuksak 
prinsipiallik, do‘stona munosabat va talabchanlik, kishilarga hurmat 
va isbonch, ularning taqdiri uchun qayg‘urish kabilarni o‘zlashtirish, 
o‘ziga singdirib borish har bir mamlakatimiz kishisi uchun, ayniqsa, 
yoshlarimiz uchun g‘oyat muhimdir.
Yuqorida bayon etilgan yuksak insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan 
paydo 
bo'lmaydi. 
albatta. 
Buning 
uchun 
farzandlarimizga 
hayotning dastlabki qadamlaridan boshlab g‘amxo‘rlik qilishimiz 
lozim./ Maktabgacha tarbiya muassasalari yildan-yilga ko‘payib 
va takomillashib bormoqda. 
0
‘rta ta’lim maktablarining moddiy 
texnikasi va binolarining qurilishi zamonaviylashib, o‘qitish tizimi 
takomiliashmoqda. Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar tizimida 
zamonaviy o‘quv binolari bilan birgalikda laboratoriya va amaliy 
mashg'ulotlar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanmoqda.
Yoshlarimizning umumiy saviyasini oshirish ko‘p jihatdan 
ularning bo‘sh vaqtdan oqilona foylanishlariga bog‘liq. Chunki 
yoshlar bo'sh vaqtdan unumli foydalanishni bilishlari lozim. 
Ishyoqmaslik, dangasalik, vaqtni mayda-chuyda narsalarga sarf etish 
umrni behuda o‘tkazish bilan barobar.
Bugungi mamlakatimiz talabalari dunyoda yangi o‘zgarishlar 
yuz berayotgan davrda yashamoqda, o‘qimoqda. Mamlakatimizda 
sogiom va uyg‘un barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur 
imkoniyatlar hamda shart sharoitlarni yaratish, XXI asr - intellektual 
qadriyatlar ustuvorlik qiladigan asr ekanligini e’tiborga olgan holda, 
Vatanimiz vigit va qizlarini har tomonlama barkamol shaxslar etib 
shakllantirish borasidagi keng ko‘lamli chora tadbirlar kompleksi 
mamlakatimiz Prezidenti va hukumatimiz tomonidan ishlab 
chiqilgan dasturlar. ko‘rsatmalar asosida olib borilmoqda. Shu 
sababli bugungi kun yosh mutaxassisi - bu mohir tashkilotchi,


mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish masalasini amalga oshira 
oladigan xodim hisoblanadi. U odamlar bilan ishlaydi, jamoani 
boshqaradi, jamoa tajribasiga tayanib ish ko'radi, o‘z o‘rtoqlarining 
maslahatiga quloq soladi, qolga kiritilgan yutuqlarga tanqidiy 
yondashadi. Bunday kishi yuqori madaniyatH, keng mulohazali. 
tadbirkor, o‘z ishining ustasi, qisqasi, jamiyatimizning haqiqiy 
ziyolisidir.

Yüklə 9,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin