T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev, I. S. Hasanov mutaxassislikka



Yüklə 9,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/188
tarix25.09.2023
ölçüsü9,7 Mb.
#148220
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   188
Mutaxassislikka kirish

etib suv
resurslari sifatini yaxshilash, ulardan foydalanishning m e’yorlarini 
ishlab chiqish, sug‘orishning ilg‘or uslublarini tadbiq etish, ularni 
samaralilarini tanlash, gidrotexnika inshootlarining mustahkamligini 
va xavfsizligini ta’minlash kabi dolzarb masalalar belgilangan.
So‘nggi yillarda, ayniqsa, m ustaqillikka erishganim izdan keyin, 
institutim iz bilan xorijiy davlatlar o‘rtasidagi aloqalar yanada 
kengaydi. Hozirgi kunda AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, 
Fransiya, Ispaniya, Isroil, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya, Chexiya, 
Rossiya, Ukraina, 
X ito y va
boshqa rivojlangan m am lakatlarning 
oliy ta’lim m uassasalari bilan Hamjihatlik haqida memorandum 
va shartnom alar imzolanib, ilmiy va amaliy ham korlik ishlari 
olib borilmoqda. Institutning BASIS, TACIS," TEMPUS, INTAS, 
ZEF, UNESCO, USAID kabi xorijiy dasturlari va loyihalari bilan 
hamkorligi, O ‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizim ini xalqaro 
standartlarga yaqinlashuvidan dalolat bermoqda.
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini rektor boshqaradi. 
Uning tashkiliy tuzilm asi quyidagichadir.
Yuqorida
keltirilganidek, Institut jamoasining asosiy e’tibori «Ta’lim 
to'g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturim ing 
vazifalaridan kelib chiqib, bozor iqtisodiyoti sharoitida suv xo'jaligi 
uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Institut bir nechta fakultetlardan tashkil topgan va ular bir asrga 
yaqin mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.
Institutim izning «Gidromelioratsiya» falcultetining tarkib topishi, 
rivojlanishi, O 'rta Osiyo miqyosida kuchli ilmiy m arkaz sifatida 
66


shakllanishida atoqli olimlar, yirik mutaxassislar, professorlar va 
ularning o‘quvchilari o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. 
Bularning orasida A.N.Askochenskiy va boshqalar bor edi. Ushbu 
jarayonning amalga oshishida fakultetning birinchi rahbarlarining 
mebnatlari cheksizdir, bular, professorlar: V.D.Jurin, D.M.Kats, 
A.G.Ostankov, 
A.A.Rachinskiy, 
dotsentlardan 
P.V.Samostreiov, 
LI.Gribanov va B.P.Surovsovlardir.
1.1-rasm.
TIMIning tashkiliy tuzilmasi
67


Fakultetda XX asrning 90-yillari boshiga kelib, 20000ga yaqin 
injener-gidrotexniklar tayyorlandi. Bulardan 570 ga yaqini Osiyo, 
A frika va Lotin Am erikasi m am lakatlaridan kelgan talabalardir. 
Fakultet bitiruvchilari M irzachoi, Qarshi. Dalvarzin, Surxon- 
Sherobod chollarini gulistonga aylantirishda faol ishtirok etdilar. 
0 ‘rta Osiyoning yirik gidrotexnik inshootlari va eski sug‘orish 
tizim larini qayta qurishda oldingi safda turdilar.
1991-yildan boshlab fakultet tarixida yangi d a v r-m u sta q illik
davri boshlandi. 1991-yilning sentabr oyida in s titu tin g uchta 
mustaqil fakultetlari - «Gidromelioratsiya», «Gidrotexnik inshootlar 
qurilishi» va «Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish» 
fakultetlari asosida «Irrigatsiya muhandislari tayyorlash o‘quv- 
ilmiy m arkazi» (1M T 0‘1M) tashkil qilindi. 1996-yilda IM TOTM
«Gidromelioratsiya» fakultetiga aylantirildi. Keyingi davrda fakul- 
tetning diqqatga sazovor an’analarini davom ettirishda 0 ‘zbekistonda 
xizm at ko'rsatgan fan arboblari, professorlar A.A.Rachinskiy, S.Sh. 
Mirzavev, 0 ‘zbekistonda xizm at ko‘rsatgan irrigatorlar, professor
F.M.Raximbayev, dotsentlar R.M.Karimov, X.A.Asqarov, profes­
sorlar M.B.Bakiyev, M .X.Hamidov va boshqalarning mehnatlari 
fakultetga, institutga bo‘lgan fidoyiliklari cheksizdir.
Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat ko‘rsatadi:
Gidravlika;
Fizika va kimyo;
Gidrologiya va gidrogeologiya;
Jismoniy tarbiya va sport;
Gidromelioratsiya tizim laridan foydalanish;
Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi;
Qishloq xo‘jaligi gidrotexnik melioratsiyasi;
Ekologiya va suv resurslarini boshqarish.
Undagi ta ’lim yo'nalishlari esa:
Suv xo‘jaligi va melioratsiya;
Qishloq va yaylovlar suv ta’minoti;
Gidrologiya (suv omborlarida);
Fermer xo'jaliklarining injenerlik tizimlari;
68


Suv resurslari va suvdan foydalanish;
Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (suv xo‘jaligida);
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ tizimi;
Kasb ta’limi: Suv xo'jaligi va meiioratsiya.
M alakali injenerlar tayyorlash m aqsadida institut tarkibida 
1946-yili «Kichik va o'rta GESlarni qurish» fakulteti tashkil 
etildi. 
Keyinchalik 
esa 
fakultet 
«Daryodagi 
inshootlar 
va 
gidroelektrostansiva binolari gidrotexnika qurilishi» deb atalgan. 
Uning dekani va tashkilotchisi xotin-qizlardan birinchi irrigator 
T.A.Kolpakova edi, keyinchalik bu fakultetni dotsentlardan A.Said- 
xujayev, I.A.Reyneke, A.Valijonov, B.RSurovsev, P.B.Arakelov, 
L.l.Antonovalar 
boshqarishdi. 
1991-yildan 
«Irrigatsiya 
inje­
nerlari tayyorlash o'quv-ilmiy m arkazi» va 
1996-yildan esa 
«Gidromelioratsiya» fakulteti tarkibida «Suv xo'jaligi qurilishi» 
mutaxassisligi tashkil topdi. 2004-yil Toshkent irrigatsiya va 
meiioratsiya institutining tashkil qilinishi munosabati bilan qayta 
«Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish 
(IGTIK va UF)» fakulteti ochilgan va shu davrda fakultet dekani 
sifatida Qoraqalpog'istonda xizm at ko'rsatgan fan arbobi texnika 
fanlari doktori, professor M .R.Bakiyev boshqargan.
Fakultetning 
rivojlanishida 
akadem iklar-V.V .Poslavskiy, 
A.N.Askochenskiy, A.M.Muxamedov, p ro fe sso rla r-E . A.Zamarin, 
A.V.Troitskiy, 
A.I.Ostrovskiy, 
M.G.Malchikovskiy, 
E.D.Rojdest- 
venskiy, A.G.Ostankov, dotsentlar-Z .X .X usanxujayev, E.I.Pavlova, 
Z.I.Ryadova, S.K.Pereverzev, V.P.Sudakov kabilar astoydil mehnat 
qildilar.
Yarim asrlik faoliyati davrida fakultet xalq xo'jaligiga 4000 dan 
ortiq, shu jumladan, chet el mamlakatlari uchun 100 dan ortiq injener- 
gidrotexniklar tayyorlab berdi. Ular O'zbekiston, Markaziy Osiyo 
respublikalari va chet ellarda suv xo'jaligi qurilishlarida xizmat qilib 
kelmoqdalar. Fakultetning ko'pchilik bitiruvchilari yirik inshootlar: 
Andijon, Tallimarjon va Hisorak suv omborlari; Tuya-Muyin va 
To'polang 
gidroo'zellari; 
Rogun, 
Baypazin, 
Sayano-Shushino 
gidroelektrostansiyalari kaskadlari qurilishida ishtirok etdilar.
69


«Gidrotexnika inshootlari», «Nasoslar va nasos stansiyalari», 
«Gruntlar mexanikasi» laboratoriyalari doimiy ravishda ishlab 
turibdi. Daryolar qirg‘oqlarini himoyalovchi inshootlar konstruk- 
siyalarini m ukam m allashtirish, ularning gidravlikasi bo‘yicha ilmiy- 
tadqiqotlar olib borilib, doimiy ravishda nom zodlik dissertatsiyalari 
himoya qilinmoqda va ularning natijalari ishlab chiqarishga joriy 
etiladi. Fakultetda ilmiy seminar tashkil qilingan boiib, unda ilmiy 
ishlar natijalari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, kafedralarda 
talabalarning ham ilmiy to‘garaklari ishlab turibdi. U larning ilmiy- 
tadqiqot ishlari m um kin qadar bajariladigan bitiruv malakaviy 
ishlari va kafedra ilmiy tem atikasiga yaqinlashtirilgan.
Fakultet jamoasi 0 ‘zbekiston va MDHning bir qancha o‘quv, ilmiy- 
tekshirish, loyihalash institutlari bilan aloqadadir: MISI (Moskva), 
SPGTU (Sankt-Peterburg), DGMS1 (Djambul), MGU (Moskva).
Fakultetda qu\idagi kafedralar faoliyat ko‘rsatadi:
Gidrotexnika inshootlari va m uhandislik konstruksiyalari;
N azariy va quriiish mexanikasi;
Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish;
Chizma geometriya va m uhandislik grafikasi.
Undagi ta’lim yo‘nalishlari esa:
Gidrotexnika qurilishi (suv xo‘jaligida);
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish;
Irrigatsiya tizim lari suv energisidan foydalanish;
Kasbiy ta’lim: G idrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan 
foydalanishdir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asining «Respublika 
qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash 
tizim ini takom illashtirish to‘g‘risida»gi 2004-yil 3-sentabrdagi 
415-sonli Qarorini bajarish m aqsadida va in s titu tin g 2004-yil 13- 
sentabrdagi 187/F buyrug‘iga asosan institut faoliyatini tashkil 
etishni yanada takom illashtirish, qishloq xo‘jaligi uchun yuqori 
m alakali kadrlar tayyorlash m aqsadida Toshkent irrigatsiya va 
melioratsiya institutining tashkiliy tuzilm asi tarkibida yangi «Suv 
xo‘jaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash (SXA va M)» 
70


fakulteti tashkil etildi. Fakultet faoliyati tugatilgan «Irrigatsiya 
va meiioratsiya ishlarini m exanizatsiyalash» va «Qishloq va suv 
xo'jaligi 
energetikasi» 
fakultetlarining 
birlashtirilishi 
asosida 
vujudga keldi. Shu davrda fakultetga texnika fanlari doktori, 
professor B.P.Shaymardanov dekan etib tayinlandi.
Hozirgi kunda fakultetda bakalavriat yo'nalishlari mavjud boiib, 
ularda 500 dan ko‘proq talaba o‘qib kelmoqda.
Shu bilan birga fakultetda qishloq va suv xo'jaligi uchun 
5A5650301-Gidromelioratsiya 
ishlarini 
mexanizatsiyalash, 
5A521802-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomat- 
lashtirish, 5A521317—Qishloq xo'jaligi elektr uskunalarini eksplua- 
tatsiya qilish va ta’m irlash m agistratura m utaxassisliklari bo'yicha 
m agistrlar tayyorlanmoqda.
Fakultetda Davlat granti va xo'jalik shartnomalari asosida 
«Qishloq va suv xo'jaliklarida texnologik jarayonlarni avtomat- 
lashtirish va m exanizatsiyalashtirishni takom illashtirish» mavzusida 
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat ko'rsatadi:
Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasi;
Gidromeliorativ ishlarni tashkil etish va ularning texnologiyasi 
kafedrasi;
Gidromeljorativ tizim larni elektr energiyasi bilan ta’m inlash va 
ularning elektr jihozlaridan foydalanish kafedrasi;
Konstruksion m ateriallari texnologiyalari, amaliy mexanika va 
standartlashtirish kafedrasi;
Hayotiy faoliyat xavfsizligi kafedrasi;
Gum anitar fanlari kafedrasi;
Elektrotexnika va elektr yuritm a kafedrasi;
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv kafedrasi.
Undagi ta’lim yo'nalishlari esa:
Suv xo'jaligi va meiioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va 
boshqarish (suv xo'jaligida).
Elektr energetikasi (suv xo'jaligida).
71


Hayot faoliyat xavfsizligi.
«Yer tuzish» (hozirgi Yer tuzish va yer kadastri) fakulteti 
1945-yilda tashkil etilgan. Fakultet tashkil etilgan birinchi yili 
unga 25 ta talaba, keyingi yillari 50 nafar talaba qabul qilingan 
b o lsa , m am lakat xalq xo‘jaligining yer tuzuvchi mutaxassislarga 
b oig an talabini inobatga olgan holda, o‘tgan asrning 50-yillaridan 
boshlab qabul qilinadigan talabalar soni yil sayin ortib borgan va 
80-yillarga borib 150 nafarga yetgan. 1956-yildan boshlab fakultet 
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ham mutaxassislar tayyorlay 
boshlagan. Bugungi kunda fakultetga yiliga 145 nafar talaba qabul 
qilinmoqda. 0 ‘z faoliyati davrida fakultet M arkaziy Osiyodagi 
yirik o‘quv m arkazlardan biriga aylandi. Bu yerda Qozog‘istonning 
janubiy olkasi, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respub- 
likalari uchun ham ko‘p sonli mutaxassislar tayyorlandi.
0
‘tgan davr mobaynida fakultetda juda katta hajmda o‘quv, ilmiy, 
ilmiy-uslubiy va tarbiyaviy-m afkuraviy ishlar bajarildi. Fakultet 
talabalari, ilmiy-pedagogik jam oasi o‘z vaqtida respublikam izda 
amalga oshirilgan yirik bunyodkorlik ishlarida faol qatnashganlar. 
Jumladan, 
M irzacho‘l, 
Surxon-Sherobod, 
Qarshi 
dashtlarini 
o‘zlashtirish davrida yangi-yangi paxtachilik xo‘jaliklarini tashkil 
etish bilan bog'liq loyihalar ishlab chiqish, ularni joriy etish, yangi 
yer m aydonlarida zamonaviy qishloqlar barpo etishda, yerlarni 
baholashda to‘g‘ridan-to‘g ‘ri qatnashganlar.
0 ‘zbekiston hamda Markaziy Osiyoning boshqa respublikalari 
uchun malakali m uhandis-yer tuzuvchilar tayyorlash maqsadida 
hukumat qaroriga binoan 1945-yili institut tarkibida «Yer tuzish» 
(hozirgi Yer tuzish va yer kadastri) fakulteti tashkil etildi. Fakultet 
tashkil etgan yili uning birinchi dekani geodeziya kafedrasining mudiri 
dots. M.I.Maslov edi. Keyingi yillarda prof. P.K.Tatur, dotsentlar
I.K.Baranov, V.S. Artomonov, A.A.Nazirov, A.T.Abdurazzoqov, prof.
S.A.Avezbayevlar fakultet dekani vazifasida ishladilar.
Flozirgi kunda fakultet olim lari quyidagi m avzular bo‘yicha 
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib 
bormoqdalar: - Yerlardan oqilona 
foydalanishni tashkil etish, Yer tuzish va yer kadastri muam molarini 
72


yechish, - Iqtisodiy islohotlar sharoitida yer m unosabatlarini yanad 
takom illashtirish, Yerlarni baholash, Yer tuzish va yer kadast: 
ishlaridagi geodezik oichashlarning ilmiy asoslangan uslubiyatlarii 
ishlab chiqish, Tuproq unumdorligini oshirish.
Ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlarning natijasi sifatida o‘tgan da^ 
m obaynida fakultetda 76 ta monografiva, 48 ta darslik va o‘qu 
q o i lan m alar chop etildi. Fakultetda Shvetsiyaning Qirollik Texnc 
logiya Instituti (Stokgolm), M oskva Davlat Yer Tuzish Universitet 
Markaziy Osiyo davlatlarida tashkil qilingan, yer tuzish fakultetlar 
respublikam izning yer tuzish va yer kadastri va geodeziya xizm atla 
bilan hamkorlik yaxshi yoTga qo‘yilgan. Fakultetni tamomlaga 
4 nafar talaba Shvetsiya Qirollik Texnologiya Institutining magis 
raturasida ta’lim olib qaytishgan.
Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat ko‘rsatadi:
Yer tuzish va yer munosabatlari;
Geodeziya va yer kadastri;
Oliy matematika.
Undagi ta iim yo‘nalishlari esa:
Yer tuzish va yer kadastri;
Geodeziya, kartografiya va kadastr (suv xo‘jaligida);
Kasb taTimi (yer tuzish va yer kadastri).
Iqtisodiyotning o‘sib borayotgan monitorlashuvini o‘zlashtirisl 
foydadorlik va talab ham da ta k lif qonunlarini qo‘llash, tovarla 
xizm atlar va intelllektual mehnatga b o ig an xususiy mulkchilikj 
y o lg a qo‘yish, shaxsiy tashabbusni rivojlantirish va alohic 
shaxslar hamda aholi guruhining huquqlari bilan uyg‘unlashtiri; 
uchun, um um an olganda, ta iim va kasbiy tayyorlash borasic 
katta 
0
‘zgarishiarni amalga oshirishlarni y o ig a qo‘yish maqsadic 
institutda «Suv xo'jaligi iqtisodiyoti va boshqarish» fakulteti faoliy 
ko‘rsatib kelmoqda.
Fakultetning birinchi 
dekani dotsent Laxovskaya Venei 
Leonidovna boigan. 1977-yildan boshlab fakultet dekani vazifasii 
professor Xodjayev Sagdulla M adam inovich bajardi. Fakultet tashk 
qilingan davrdan boshlab uning tarkibida «Suv xo‘jaligi iqtisodi '


uni tashkil etish» kafedrasi (mudiri dots. Valijonov A.M.) hamda 
«Qishloq xo‘jalik iqtisodi va uni tashkil etish» kafedrasi (mudiri 
prof. Xodjayev S.M.) faoliyat ko’rsatgan.
Keyinchalik 1978-yilda fakultet tarkibida uchinchi kafedra 
«Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini boshqarish» kafedrasi (mudiri 
dots. Tursunov R.T.) tashkil etildi. 1985-yildan 1987-yilgacha fakultet 
dekani lavozimida prof. Xodjayev Boxodir Asatullayevich ishladi.
Fakultetning umumiy ilmiy-tadqiqot ishlari mavzusi: «Sug‘orma 
dehqonchilikda suvdan va yerdan foydalanish samaradorligini 
oshirish» m uammolarini yechishga bag‘ishlangan. Bu mavzu 
tarkibida «Suv xo‘jalik qurilishini samaradorligini oshirish, o‘quv 
tajriba xo‘jaligida yerdan, suvdan foydalanishni yaxshilash tadbirlari 
ishlab chiqilgan. 1974-2004-yillar ichida fakultetda 3 ta doktorlik, 16 
ta nom zodlik dissertatsiyalari yoqlandi, 8 ta olim lar dotsentlik, 5 ta 
professorlik ilmiy unvonlariga sazovor bolishdi. Fakultet Respublika 
«Ta’lim yo'nalishlari klassifikatori»ga kiritilgan 2 ta bakalavriant 
yo‘nalishlari - «Iqtisodiyot» (suv xo’jaligida). «Menejment» (suv 
xo'jaligida). «M arketing» (suv xo‘jaligida), «Buxgalteriya hisobi va 
audit» yo’nalishlari bo’yicha fakultetning yetuk olimlari ishtirokida 
davlat ta’lim standartlari, na’munaviy va ishchi o‘quv rejalari, 
fanlarning dasturlari ishlab chiqilib, o‘quv jarayoniga tadbiq qilindi. 
Davlat tilida hamda rus tillarida o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy 
qoMlanmalar va ma’ruzalar matnlari tayyorlanib chop etildi.
Shu munosabat bilan fakultetda «Suv xo‘jaligi iqtisodi», 
«Buxgalteriya hisobi va audit» yo'nalishlari bo‘yicha magistrlar 
tayyorlashga kirishildi. Fakultet professor-o‘qituvchilari 1991-2004- 
yillarda 3 ta darslik, 8 ta o‘quv qollanm alari, 6 ta monografiya, 
25 ta uslubiy qo‘llanma, 55 ta uslubiy ko‘rsatma va 100 tadan ortiq 
ilmiy maqolalar chop etdilar. Shu davr ichida fakultet olimlari 
Bonn universitetining «ZEF» ilmiy-tadqiqot m arkazining Orol 
dengizi havzasida «Suvdan foydalanish samaradorligini oshirish», 
Vashington universiteti 
«Ekologik ekonomika» IKARDA ning 
fermer xo‘jaliklarida suvdan foydalanish usullarini takom illashtirish 
loyihalari bo‘yicha grantlarini yutgan. Hozirgi kungacha fakultet 
74


olim laridan 2 tasi professorlik, 10 tasi dotsentlik unvonlarga 
erishgan. 12 ta fan nom zodi ilmiy darajasini oldilar, 1 ta xizm at 
ko‘rsatgan professor, 2 ta xizm at ko‘rsatgan katta o‘qituvchi faxriy 
unvonlariga ega bo‘ldilar.
Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat ko‘rsatadi:
Suv xo‘jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti;
Buxgalteriya hisobi va audit;
0
‘zbek va chet tillari;
Iqtisodiy nazariya asoslari.
Undagi ta’lim yo‘nalishlari esa:
Iqtisodiyot (suv xo‘jaligida);
Menejment (suv xo‘jaligida);
Buxgalteriya hisobi va auditdir.
Yuqoridagilardan tashqari institutda bir qancha qo‘shimcha 
xo‘jalik va tashkilotlar o‘quv jarayonini ta’m inlash uchun xizm at 
qiladi.

Yüklə 9,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin