2.2. KITOB USTIDA ISHLASH VA UNING BOSQICHLARI
Kitob har bir kishida, ayniqsa, yoshlarimizda onglilikning shakl-
lanishida, nutq madaniyati va lug‘at bovligini o‘stirishda, hayotda o‘ziga
munosib o'rin topishda, kasblarni to‘g‘ri tanlashda, dunyoqarashning
kengayishida
va
takomillashuvida
yaqindan
yordam
beradi.
Yoshlarimizni kitobga muhabbat ruhida tarbiyalash uchun o‘qituvchi-
pedagoglarimizning o‘zlari ham aktiv kitobxon bo‘lishlari va kitoblarni
ko‘z qorachig'idek saqlashda namuna ko‘rsatishlari kerak.
Kitob bilan ishlashning birinchi bosqichida
adabiyotlar
tanlanadi, ya’ni zaruriy kitoblar jam lanadi. Sizga birinchi kurs
talabalariga o‘qitiladigan har bir fan yuzasidan tuzilgan o‘quv
dasturida ko'rsatilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati
hamda har bir o‘qituvchining u yoki bu m asala yuzasidan chop
etilgan yangi asarlarni o‘qish lozimligi haqidagi ko‘rsatm alari bu
masalani hal etishda yaqindan yordam beradi. Shu bilan birga, har
bir talaba o'zini qiziqtirayotgan masalalarga taalluqli adabiyotlarni
mustaqil ravishda topishga odatlanishi kerak.
Kitob ustida ishlashning ikkinchi bosqichida
kitoblarni
o‘rganishga va tahlil qilishga kirishiladi. Bu bosqich ham o‘z tartibi
82
va qoidasiga ega. Kitob varaqlab ko‘riladi. Oldin m uallif norni,
kitobni qanday atalishi, qayerda va qachon nashr etilganligi bilan
tanishib chiqasiz. Bu m aium otlarning o‘ziyoq qimmatli axborot
beradi. Chunonchi: agarda kitob yaqinda chop etilgan bo'lsa,
unda yangi tariflar, so‘nggi yutuqlar qamrab olingan bo’ladi.
Yangi muhim m asalalar bayon etilgan b a lsa , basharti, kitob
qayta to idirilib, nashr etilgan b o isa, oldingi nashri ijodiy baho
olganligidan darak beradi.
Titul varaq bilan tanishib chiqqandan stvng. kitobning mun-
darijasini sinchiklab o‘rganish zarur. Chunki m undarijada kitob
ning rejasi, qisqacha m azm uni aks etgan bo'ladi. Agarda kitob
darslik yoki o‘quv qoTlanmasi bo‘lsa, mimdarijasini o‘quv dasturi
solishtirib, uning qanchalik mos kelishini aniqlash, so‘ngra o‘rganish
zarur b o ig an qismlar, boblar, paragraflarni belgilab chiqish kerak.
Titul varag‘ining orqasidagi annotatsiyani (kitobning qisqacha
m azm uni) birinchi galda o‘qib chiqish zarur. Ko‘pincha, qisqa yozuv
o‘rganilayotgan m asala yuzasidan tanqidiy baho va asosiy g‘oyalar
qisqacha berilgan boTadi.
Kitobni shu tarzda ko‘zdan kechirib boigach, uning so‘z boshisi
yoki m uqaddima qismini o'qib chiqish kerak. Ular avtor yoki
mu-taxassis kitobida ilgari surilgan g‘oyani tushuntirib beradi, hal
qilinayotgan m uam m oning mohiyati va uning qanday yechilishi, uni
hal qilishga yondashish yoTlari xususida qisqacha axborot beradi.
Kitobni qay tariqa jiddiy o‘qish mumkin? Maqola yoki risolani
bir y oia o‘qib tushunish kerak, katta kitob yoki darslikni esa ayrim
boblar yoki tugal bo'limlariga ajratib o‘qish tavsiya etiladi. Kitobni
o‘qib chiqqandan so‘ng o'rganilayotgan masala yuzasidan qisqacha
qilib mazmunini yozib olish kerak, alohida boblarni o‘qiganigizda
ham shunday qiling. Basharti bir necha manba ustida ishlayotgan
boTsangiz, har bir kitobni alohida o‘qib chiqing va reja tuzing. Bu
rejada o‘rganishingiz lozim boigan hamma boblar, paragraflarni birrna-
bir yozib chiqing, so‘ngra ikkinchi marta sinchiklab o'qib chiqing.
Kitob ustida ishlayotgan vaqtingizda uning har bir b oiim i
yuzasidan asosiy mazmuni bo‘yicha xulosa chiqarishga harakat
qiling va bunga o‘zingizni o:rgating.
83
Oliy o'quv yurtiga qadam qo‘ygangizdan boshlaboq m untazam
bilim ingizni oshirib borishga o‘zingizni odatlantiring. 0 ‘tgan
ishni o'zlashtirm asdan turib, navbatdagi yangi ishga urinmang.
0
‘qiyotgan vaqtda m asalaning m ohiyatini to'liq tushunib olish
m uhim dic Shuning uchun ham kitobni diqqat bilan sinchiklab,
ba'zi bir tushunilm agan joylarini erim nasdan, qayta-qayta o qish va
mulohaza yuritish lozim.
Dostları ilə paylaş: |