2.4. AQLIY MEHNAT GIGIYENASI
Har bir sohada bo‘lgani singari aqliy mehnat borasida ham
ishni ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etish, uning m adaniyatini yuqori
darajaga ko‘tarish muhim ahamiyatga egadir. Aqliy mehnatni
to‘g‘ri tashkil etish esa har bir kishining o'z kun tartibini (mehnat
qilish, dam olish, ovqatlanish kabi) qanday uyushtira olishga,
o‘z ish rejasi va grafigini qat’iy bajarishga, mavjud axborotlar va
yangi adabiyotlardan ish jarayonida lahsil ko'rishda, ilmiy tadqiqot
faoliyatida unumli hamda o‘rinli foydalana olishga bogliqdir. Aqliy
90
m ehnatning o‘ziga xos tom onlari mavjud. 0 ‘z mustaqil ishingizni
tashkil etar ekansiz, siz aqliy m ehnatning o‘ziga xos shu tomonlarini
bilishingiz va uni hisobga olishingiz, aqliy m ehnat gigiyenasiga
to la rioya qilishingiz zarur. Ishni har doim aniq belgilangan joyda
boshlash va davom ettirish tavsiya etiladi. Eng ma'quli kutubxona,
xona va tajriba xonada ishlashdir. Bu ishning ish unumdorligiga
ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Chunki bunday joylarda mehnat unum i yaxshi
bo‘ladi. Sharoit va osoyishtalik hukm suradi. Bu esa o‘z navbatida
kishida ishlash kayfiyatining uyg‘onishiga va oshishiga olib keladi.
Uyda shug‘ullangan vaqtingizda esa boshqa ishlar bajarilmaydigan,
faqat o‘z o'quv m ashg‘ulotlaringiz uchun ajratilgan m uayyan joyni
tanlab olishga harakat qiling. Bunday qoidani ahamiyatsiz deb
hisoblamang, chunki shunday sharoit muhayyo b o isa , sizda odat
hosil bo‘lgach, ishni dangal boshlab vuborishga xohish paydo qilish
uchun stulga o‘tirish kifoya. Ish joyiga o‘tirgach, fikrni faqat bir
nuqtaga yo‘naltirish kerak.
Gigiyena ish joyini to 'g‘ri tashkil etishni talab qiladi. Chiroq nuri
chap tom ondan tushib turishi kerak. Stol ustida ish maydonchasining
yoritilish darajasi 100 lyuks, lampochka, abajurli, 60 vatt b oiishi
lozim. Kerakli kitoblar, qaydlar, qog‘oz, ruchka va boshqa ish
qurollari aniq belgilangan joyda turishi zarur.
Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilish, o‘z navbatiga, m ehnat
sharoitining yaxshilanishiga, ish unum ining samarali bo‘lishiga,
o‘zlashtirish darajasining oshishiga olib keladi. Shu sababli o’quv
m ehnatiga salbiy ta’sir qiladigan faktorlardan uzoqroq bo‘lgan
m a’qul.
Ilm -fanni o‘zlashtirishda xotira m uhim o‘rin egallaydi. Inson
xotirasi juda qiziq va m uhim xususiyatlar bilan ajralib turadi.
M asalan, 70-yil um r ko‘rgan kishining xotirasi m ana shu vaqt
mobaynida ro‘y bergan barcha voqealarning atigi 5 foizini tiklab
olish qobiliyatiga egadir. Lekin xotirasi o‘tk ir kishilar ham uchrab
turadi.
Aqliy m ehnatning ham m a soatlari bir xil unum li bo‘lmaydi.
Ish kuninnig so‘nggi soatlari kam m ahsul ekanligi ham m aga ayon.
91
Xo‘sh, unday bo4Isa, eng sermahsui soatlar deb qaysi vaqtlarni
tushunamiz. M utaxasssislar turli fiziologik usullar yordamida
buni aniqlaganlar. Ish kunining uchinchi va to‘rtinchi soatlari eng
sermahsui va samarali bo‘ladi. 0 ‘qish jarayonida esa ikkinchi va
uchinchi ju ftlik soatlar eng serunum hisoblanadi.
0
‘tirib yoki yaxshi tik turib ishlash kerak, yonboshlab yoki
yotib o‘qish zararli, chunki organizm bo‘shashadi, ko‘z charchaydi,
oqibatga o‘zlashtirish ham koiigildagidek bo‘lmaydi. Surunkasiga
o‘tirish ham zararli, chunki bo‘y in va belga y u k tushadi. Bosh
qarab egib turiladi va m uskullar uzoq vaqt davomida tu rg lun
holatda qoladi. Asab m arkazlari shunday charchaydiki, bosh
xuddi osilib tushayotgandek bo‘lib tuyuladi. Gavdaning oldinga va
chapga egilgan holatga turishi oqibatida um urtqa suyagi qiyshayib
qolishi mumkin. 0 ‘ng q o i ju d a qiyin ahvolda ishlaydi. Chunki, u
harflarni yozish paytida bo‘g"inlar va yelka suyagi orqali minglab
nozik, qat’iy boshqariladigan harakatlarni am alga oshiradi va ayni
paytda gavdaning yuqori qism i uchun suyanchiq b o iib xizm at
qiladi, ya’ni dinam ik va tu rg;un ishni bir-bir bilan muvofiqlashtirib
boradi. Bu ancbagina noqulay holat b o iib , ko‘krak qafasining
qovurg‘alari yaxshi harakatlana olmaydi, olinadigan havo hamji
keskin kamayadi, o‘pka, ayniqsa, uning chap qismi biroz qisiladi.
Yurak m uskullari va miyaga qon kelishi kamayadi, yurakda og‘riq
sezila boshlaydi, bosh og’rig‘i paydo bo iad i. Charchashning
oldini olishda gavda holatini o‘zgartirib turishning ahamiyati juda
katta. Buning uchun o‘rindan turm asdan bel va yelkani rostlash,
oyoqlarning chigalini yozish, q o ila rn i kerish, boshni bir necha
m arta burish, tirsak va panjalarni uqalab turish foydali. Agar o iirib
ish qilayotgan boisang iz, qon tashuvchi tom irlaringizning iloji
boricha qisilib qolmasligiga e ’tibor bering. Stolga faqat kaft bilan
suyanilsa, yozish ancha yengil bo iad i, q o i charchamaydi. Ko‘z
va bo‘yinni charchatm aslik uchun kitob doim ko'z o‘ngida turishi
kerak. Y o ru g iik ko‘zni qam ashtirm asligi, stol ustidagi narsalar
s h u ia sochmasligi lozim. Stol ustini yashil qog‘oz bilan qoplash
foydali., chunki ko‘z charchaganda yashil rangga qaralsa, charchoq
92
bosiladi. Tik turib ishlash butun a’zolarning normal faoliyati uchun
anch yaxshi sharoit yaratadi. Bunda um urtqa suyagi tik holatda
turadi, y uk ovoqqa tushadi.
Z o‘r berib ishlayotgan paytingizda o‘z ahvolingizdan voqif
bo'lib turing. Agar ilgari xavolingizni buzgan tovushlar endi halaqit
berayotganligini sezsangiz, kitobni qayta-qayta o‘qib hech narsa
anglam asangiz, demak charchabsiz. Joyingizdan turing, uyoq-
buyoqqa yurib dam oling.
M ashg‘ulot paytida har xil fanlarni alm ashtirib o‘qing: ijtimoiy-
siyosiy fanlar, tabiiy fanlar, m utaxassislik fanlar va shu kabilar.
Har 4 0-5 0 daqiqada tanaffus qiling. Bu bir necha soat davomida
aqliy mehnat bilan shug‘ullanish uchun m iyaning normallashishiga
imkon yaratadi. Tanaffus vaqtida boshqa ish bilan m ashg‘ul boTish
kerak. Shu vaqt ichida ish joyini shamollatish, bir necha jismoniy
m ashqlarni bajarish, deraza va darcha oldiga borib nafas olish juda
muhimdir.
M aterialni esda saqlash va chuqur o‘zlashtirish uchun vazifalarni
topshirish arafasida emas, balki o'sha vazifa topshirilgan kundan
boshlab tayyorlab borish lozim.
Uyqu biologik ehtiyoj hisoblanadi, lekin ular barchada bir xil
emas. Ushbu o'rinda uning ayrim xususiyatlarini qayd etamiz.
Hayvonlar ozuqasiz 30 kun yashasa, uyqusizlikdang esa 15-20
kunda qattiq asabiy azobdan oTadi. 0 ‘zingiz uchun m uayyan
belgilangan uyqu vaqtini ajrating. Uyqu - passiv dam olishdir. Passiv
hordiqning m iqdori yoshga qarab har xil: bolalar uchun 9-11 soat,
o‘smirlar va 50 yoshgacha boTgan kishilar uchun 7 -8 soat uxlash
kifoya. To‘yib va m iriqib uxlam aslik m iyaning tez charchashiga
sabab bo'ladi. 0 ‘zingiz obzingizni kuzatib boring: agar tushingizda
gapirsangiz m asala yechsangiz, chizmalar, varaqlar qoTyozmalarni
titkilasangiz demak, uyqungizda aqliy m ehnatni davom ettirgan
bo'Iasiz. Bu asab im pulslarining uxlash uchun torm ozlanm agan va
m iyaning bir qadar darm onsizlanishi oqibatidir. Uyqu buzilishiga
qarshi kurashning sinalgan chorasi uxlashdan oldin 25-30 minut
ochiq havoda aylanib yurish va uyquga yetarli vaqt ajratishdir.
93
Faol dam olish juda muhim. Bunga sport m ashg‘ulotlari, sayr,
o'yinlar, teatr, kino, ekskursiya kiradi. Shuning uchun yakshanba
kunlarini albatta, quvnoq va qiziqarli dam olish bilan o‘tkazisb
kerak. Hafta davomida haddan ziyod toliqishga yo‘1 qo‘ym aslik
uchun 2-3 m arta sport bilan shug‘ullanishni kanda qilmaslik
lozim. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, sport bilan shug‘ullanish
m ashg‘ulotning samarali bo‘lishiga yordam beradi.
Aqliy m ehnatning unumdorligini oshirish uchun har qanday
ishga bafurja kirishing, muayyan mehnat maromini saqlang, har bir
ishni muntazam o‘z navbati bilan bajaring.
Har qanday holatda ham ovqatlanishni unutmang. Har doim
ovqatga 15 daqiqa qolganda ishni to‘xtatish lozim. Ovqatlanib
boMgach, 30-50 daqiqa dam olish foydalidir. Uxlashga 15-20 daqiqa
qolganda, ishni to‘xtatib dam oling.
Oliy o‘quv yurtida o‘quv kurslari bilim larni qat’iy izchillik bilan
o‘zlashtirishga moMjallangan. Shuning uchun fan asoslarini puxta
egallamasdan turib, murakkab m asalalalarni o‘rganish m um kin
emas. 0 ‘zingizni har kuni aqliy mehnat qilishga o‘rgating.
Xullas, oliy m aktabda muvaffaqiyatli o‘qish, m azmunli, maroqli,
m ukam mal hayot kechirish uchun quyidagilarni bajarish lozim:
1. Kundalik reja, uyqu, ovqatlanish, m ehnat rejimi, ortiqcha
charchashga yo‘l qo'ym aslik bilan birga bo‘shashib qolish, ishning
og‘irligi va xilm a - xilligidan dovdirab, ruhiy tushkunlikka ham
berilm aslik lozim.
2. Ishni reja bilan olib borish. Vazifalar qanchalik murakkab
bo"Isa, vaqtni shunchalik qat’iy rejalashtirish lozim. Rejani amalga
oshirishda aniqlik va puxtalikka rioya qilish darkor.
3. Aqliy m ehnat gigiyenasi talablariga rioya qilish zarur.
4. Sport bilan shug'ullanish orqali organizmni m ustahkamlash
va chiniqtirish. Agar sport bilan shug‘ullanm asangiz, m uskullarning
jism oniy quvvati, chidamliligi, ta’sirchanligi va mehnatga layoqati
pasayadi, m odda almashinuvi, asab sistemasining o’zaro aloqasi
buziladi. Natijada, xastalik kayfiyati tu g ‘iladi va aqliy mehnat
ko'ngilga ura boshlavdi.
94
|