Tezlik tikliklari orasidagi masofaning daryo kengligiga bog'liqligi Daryo kengligi,m
T iklikla r orasidagi m asofa,m
20 dan kichik
0 , 5 - 2 , 0
2 0 -3 0
2,0
3 0 -4 0
3,0
4 0 -6 0
4,0
6 0 -8 0
6,0
8 0 -1 0 0
8,0
1 0 0 -2 0 0
10
118
Daryo eni bo'yicha o‘zan tubi m urakkab b o ig an joylarda tezlik
tikliklari ko'proq, va aksincha, o'zan tubi tekis bo'lgan joylarda ular
siyrak belgilanadi.
Asosiy usulda iloji boricha kam sonli tiklik vertikallarda (lekin
beshtadan kam emas) va ulardagi nuqtalarda (ikki-uch) suv sarfini
o'lchash muljallangan. Bu usulda o'lchangan suv sarflari batafsil
usuldagiga nisbatan 3 % farq qiladi. Bu usulda tezlik tikliklari sonini
va ularning taqsim lanishini yilning har turli fasllari davomida har
xil suv sathlarida batafsil usulida o'lchangan 20-30 ta suv sarflarini
tahlil qilish asosida belgilanadi.
Qisqartirilgan usulda daryo o'zani suv o'tlaridan va muzlanish
holatidan xoli bo'lganda tezlik tikligidagi bir yoki ikki nuqtada suv
sarfi o'lchanadi. Tiklik vertikallari sonini va ularning joylashishini
batafsil va asosiy usullarda o'lchangan suv sarflarini tahlil qilish
asosida belgilanadi.
Tezkor o'lchashlar
suv sarfini o'lchash
suv sathlarining
keskin o'zgarishi (soatiga
10
sm dan ko'p) va o'zanning kuchli
deformatsiyasi kuzatilgan hollarda qo'llaniladi. Bunday hodisa,
asosan, suv toshqini kuzatilgan paytda sodir bo'lishi mumkin.
Bu usulda suv sarfini o'lchayotganda nuqtadagi tezlikni o'lchash
vaqti 30 sekundgacha qisqaradi. Agar tezlik kichik bo'lib, chetki
signal o'rtasidagi vaqt 30 sekunddan kam bo'lsa, unda vertushkani
nuqtada ushlab turisb vaqti ikkita signallar orasidagi vaqt bilan
chegaralanadi.
Tezkor o'lchashlarni batafsil, asosiy va qisqartirilgan usullarda
qo'llash mumkin. Tezlik tikliklarining stvordagi holati daryo
kengligi va stvorning jihozlanishiga bog'liq.
Gidrom etrik stvordagi tezlik tikliklarining joylanish o'rni
doimiy boshlanishga nisbatan masofa bilan aniqlanib, undan boshlab
ularning tartib raqami beriladi. Bu o'lchash natijalarini taqqoslash
uchun qilinadi.
Agar daryo keng bo'lm asa va ko'prik bilan jihozlansa, tezlik
tikliklari o'rni va tartib raqam i ko'prikning o'zida moyli bo'yoq
bilan belgilanadi.
119
Agar daryo keng bo lm asa, vategishli jihoz bilan jihozlangan
bo isa, tezlik tikliklarining o‘rni va tartib raqam i daryoning
eni bo'yicha tortilgan p o ia t simda maxsus belgilar yordamida
belgilanadi.