Klassifikatsiyada fermentlar kataliz qiluvchi reaksiyalar turiga qarab sinflarga bo’linadi. Har bir ferment o’z nomiga ega bo’lib, bu nom substratning nomini hamda reaksiyaning turini aniqlovchi va ≪aza≫ qo’shimchasiga ega bo’lgan so’zdan iborat. Yangi klassifikatsiyada sistematik nomlar bilan bir qatorda ishchi (trivial) nomlar ham saqlanib qolgan. Masalan, karboamid amidogidrolaza fermentining ishchi nomi ureazadir.
Klassifikatsiyaga muvofiq, fermentlaming quyidagi 6 ta asosiy sinfga bo’linadi:
Klassifikatsiyaga muvofiq, fermentlaming quyidagi 6 ta asosiy sinfga bo’linadi:
1. Oksidoreduktazalar
2. Transferazalar
3. Gidrolazalar
4. Liazalar
5. Izomerazalar
6. Ligazalar (sintetazalar)
Oksidoreduktazalar. Bu sinfga hujayralardagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini katalizlaydigan fermentlar kiradi.
degidrogenazalar,
oksidazalar,
sitoxromreduktazalar
peroksidazalar kiradi.
Transferazalar. Transferazalar ma’lum atomlar guruhining bir birikmadan ikkinchi birikmaga ko’chishini katalizlaydi.
Ular bir necha guruhga bo’linadi. Masalan, aminotransferazalar - amin guruhlami bir birikmadan ikkinchi birikmaga ko’chirishni katalizlaydi.
Shuningdek, metiltransferazalar metil guruhlarini (-CH3) ko’chiradi; kreatinkinaza kreatinfosfat hosil bo’lishini katalizlaydi, geksokinaza geksoza molekulasiga fosfat guruhini ko’chirishni katalizlaydi.
Gidrolazalar. Bu sinf fermentlari murakkab organik birikmalarning molekulalari ichidagi bog’larni suv ishtirokida uzib gidrolizlaydi.