Fermentlar tirik organizmlarda boradigan biokimyoviy reaksiyalarni katalizlaydi, ya’ni ularing biokimyoviy faoliyatini boshqarib turadi. Fermentlar anorganik katalizatorlardan farq qilib, spetsifik ta’sir qilish xususiyatiga ega. Bu spetsifiklik xususiyati tirik organizmlarga xos bo’lgan muhim xususiyatlardan bin hisoblanadi, ya’ni ferment substratga kalit qulfga tushganday mos kelishi zarur. Hozirgi vaqtda fermentlar spetsifikligining quyidagi asosiy turlari bor.
Absolyut spetsifiklik
Agar ferment faqat bitta substratning parchalanish yoki hosil bo’lish reaksiyasini katalizlasa, bunda u absolyut spetsifiklikka ega bo’ladi. Masalan: ureaza fermenti bitta moddaning - karbamidning karbonat angidrid va ammiakkacha parchalanish reaksiyasini katalizlaydi. Ureaza hatto mochevina hosilalariga ham ta’sir ko’rsatmaydi.
Absolyut guruhviy spetsifiklik
Bu xildagi fermentlaming mohiyati Shundan iboratki, ular bir-biriga o’xshash tuzilgan birikmalarga ta’sir etadi. Masalan: alkogoldegidrogenaza, asosan etil spirtiga ta’sir etadi, lekin tarmoqlanmagan zanjirli yuqori molekulyar boshqa spirtlarga ham ta’sir ko’rsatishi mumkin
Nisbiy guruhviy spetsifiklik.
Bunday spetsifiklikka ega bo’lgan fermentlar substrat strukturasiga befarq bo’lib, faqat ular tarkibidagi kimyoviy bog’lar xiliga qarab o’z ta’sirini ko’rsatadi. Masalan, pepsin, tripsin oqsil molekulasidagi peptid bog’larni gidrolizlaydi:
Stereokimyoviy spetsifiklik.
Bu xildagi spetsifiklikni faqat optik jihatdan faol bo’lgan moddalar da kuzatiladi. Moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadigan ko’p tabiiy organik birikmalar optik jihatdan faol bo’ladi va organizmda biror-bir stereoizomer sifatida uchraydi. Agar reaksion muhit ikki xil izomerdan tashkil topgan aralashmadan iborat bo’lsa, stereokimyoviy spetsifiklikka ega bo’lgan ferment ta’sirida faqat substratning yarmi parchalanadi.