Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi



Yüklə 406,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix22.04.2023
ölçüsü406,8 Kb.
#101562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ecc0c2579500a26b

Ca
(5) 
Co(
2/3
) A
4
 G( 
2
)
Yalpiz turi (Mentha). Ko`p yillik o`t o`simliklari bo`lib efir moylidir. Bu oilaning
vakillari asosan zax yerlarda, ariq va kanal bo`ylarida tarqalgan O`zbekiston florasida
Osiyo yalpizi (M.asiatica) keng tarqalgan. Cho`l yalpiz (M. arvensis) va jingalak
yalpizlar (M. crispa) ekiladi. 
Oddiy rayhon-(Acimum basilicum). Bir yillik o`t o`simlik, uning oq rayhon, qora
rayhon, osh rayhon, turlari ma‘lum. Ular ziravor va xushbo`y o`simlik sifatida ekiladi. 
Yasnotkalar turkumi - Lamium. Bir va ko`p yillik o`t o`simliklar. O`zbekiston
florasida pushti yasnotka (L.amplexicanle) va oq yasnotka (L.alla) turlari begona o`t
sifatida o`sadi. L.alla dori tayyorlashda ishlatiladi. Ular asal beruvchi o`simlik
hisoblanadi. 
Kiyiko`tlar turkumi - Ziziphora. Bular tarkibida efir moylari bor bir yillik va ko`p
yillik o`tlardir. 
Tog` jambili (Origanum)- Faqat bir turi (O.tythantum) O`zbekiston florasida
tarqalgan. 
Lavanda turkumi - Lavandula. Asl lavanda L.vera bu gullari ko`p yoki to`q
binafsha rangli juda xushbo`y hidli chala butadir. Efir moyi olish uchun Qrimda,
Kavkazda va Moldaviyada ekiladi. Efir moyidan odekolonlar tayyorlanadi. Quritilgan
gullari kiyimlarni kuyadan saqlash uchun sepiladi. Bu oila vakillari efir moyiga boy
bo`lgandan ularning ko`pgina vakillari efir moyi olish uchun ekiladi. Masalan Mavrak
(muskat mavragi), lavanda, nano va boshqalar. Bulardan olingan efir moyi atir upa
sanoatida, ovqat va likyor-aroq ishlab chiqarish sanoatida qo`llaniladi. Bir necha
turlari masalan, tog` jambili, logoxillus, limono`ti, jingalak nano, dori mavrak,
arslonquyruq va boshqalar tibbiyotda ishlatiladi. Yalpiz, osh rayhon, jambil va
boshqalar ovqat mazasini yaxshilashda ishlatiladi.



Yüklə 406,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin