O‘G‘ITLASH USULLARI VA MUDDATLARI O‘g‘itlash muddatini va usullarini belgilashda o‘g‘itlarning xususiyatlari, tuproqda o‘zgarishi, o‘simlikning oziq elementlarga bo‘lgan talabi, ildiz tizimining oziqani o‘zlashtirish imkoniyatlari va boshqalar hisobga olinadi. O‘g‘itlash me’yori, odatda olinadigan hosilga qarab belgilanadi. Masalan, 1 t paxta etishtirish uchun 30-80 kg azot, 10-20 kg fosfor va 40- 70 kg kaliy sarf bo‘ladi. O‘g‘itlarni ekishdan oldin, ekish vaqtida va o‘simliklarning o‘sish davrida solish muhim axamiyatga ega.