Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə112/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   203
majmua

MIKRO O‘G‘ITLAR. O‘simliklarga o‘sish va rivojlanish uchun o‘zlashtiriladigan asosiy elementlardan (NPK) tashqari juda oz talab qilinadigan mikroo‘g‘itlar ham kerak. Hozirgi vaqtda o‘simliklarning bor, marganets, mis, rux va molibden kabi elementlarga talabi ancha yaxshi o‘rganilgan: o‘simliklar tarkibida bu elementlar etarli bo‘lganda o‘sish va rivojlanish faollashadi, kasaliklarga va tashki sharoitning noqulay omillari tasiriga chidamliligi ortadi. Mikroo‘g‘itlardan foydalanishning asosan uchta usuli keng qo‘llaniladi:

1) tuproqqa solish;

2) suyultirilgan eritmasini o‘simliklarga purkash;

3) urug‘larni ekishdan oldin mikroo‘g‘it bilan ta’minlash.

Birinchisi asosiy yul bo‘lib, Bu ayrim elementlar tuproq tarkibida kam bo‘lganda keng qo‘llaniladi. Solinadigan o‘g‘itning miqdoriga, mikroelement turiga, tuproqdagi miqdoriga, o‘simlik turiga va boshqalarga bog‘liq Masalan, bor o‘g‘iti sifatida N3BO3 kislotadan 0,5-2 kg/ga, marganets o‘g‘iti sifati MnSO4 tuzidan 10-18 kg/ga, rux o‘g‘iti sifatida ZnSO4 tuzidan 5-10 kg/ga tuproqqa solinganda hosildorlik sezilarli darajada oshganligi aniqlangan.Urug‘ni ekishdan oldin mikroo‘g‘itlar bilan ta’minlash ham qo‘shimcha usullar qatoriga kiradi. Bu usul ayniqsa, ivitilib ekiladigan urug‘lar uchun qulay. Masalan, chigit toza suv o‘rniga mis sulfat tuzining 0,001-0,005 foiz eritmasida ivitilib ekilganda, chigitlarning unish kuchi ortishi va yosh nihollarning bahorgi haroratning qisqa muddatli pasayishiga chidamli bo‘lishi aniqlangan.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin