Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə120/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   203
majmua

MIS. Mis o‘simliklarning rivojlanishi uchun zarur mikroelemeitlardan biridir. Uning zarurligi oziqaviy eritmadagina emas, balki dala sharoitida ham aniq ko‘rinadi. O‘simliklarda o‘rtacha miqdori 0,0002 foiz yoki 0,2 mg/kg atrofida. Bu miqdor o‘simlik va tuproq turiga bog‘liq. Mis tuproqda sulfidlar, sulfatlar, karbonatlar shaklida, tuproqning organik moddalari bilan bog‘liq holda uchraydi. Muhitning ishqoriyligi qancha yuqori bo‘lsa, o‘simliklarga shuncha kam o‘tadi. O‘simliklar misni tuproqdan kation (Cu) shaklida o‘zlashtiradi. O‘simlikning yosh o‘suvchi qismlarida va urug‘larida ko‘p bo‘ladi. Masalan, g‘o‘za organlarida: barglarida mis 2;5 mg/kg, poyasida 1,0 mg/kg, chanog‘ida 4,8 mg/kg, chio‘g‘itida 4,2 mg/kg va tolasida 0, 2 mg/kg. O‘simlik barglaridagi umumiy misning 70 foizi xloroplastlarda va yarmi slastotsianin fermenti tarkibida uchraydi. Plastotsianin fermenti fotosintez jarayonida elektronlarni tashish vazifasini bajaradi. Mis bir qator muhim fermentlar (askarbotoksidaza, polifenolokdaza, ortodifeniloksidaza va triozinazalar) tarkibiga kiradi. Bu mikroelement azot almashinuvida ham ishtirok etadi. Nitratreduktaza fermntining tarkibida ham bor. Xlorofillning sintezi jarayonidd mis ham faol ishtirok etishi aniqlangan. Mis vitaminlarni faollashtiradi, uglevod va oqsillar almashinuvini kuchaytiradi. Keyingi yillardagi izlanishlar o‘simliklarning qurg‘oqchilikka, sovuqqa va issiqqa chidamliligini oshirishda ham misning ahamiyati borligini ko‘rsatdi. Mis yetishmasligidan o‘simliklarning o‘sishi, gullashi to‘xtaydi. Barglarda xloroz boshlanadi. G‘allasimonlarda boshoqlar rivojlanmay qoladi. Mevali daraxtlarning uchlari quriydi. Mis o‘g‘itlari, ayniqsa, botqoq tuproqlarda yaxshi natija beradi. CHunki bunday tuproqlarda uning miqdori juda oz. o‘g‘itlar sifatida mis sulfat tuzi, mis eritish zavodlarining chiqindilari ishlatilishi mumkin.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin