5. Azotli o‘g‘itlar
Barcha azotli o‘g‘itlar to‘rtta guruhga bo‘linadi: 1) nitratli; 2) ammoniyli; Z) ammoniyli-nitratli; 4) mochevina. Nitratli o‘g‘itlar tarkibida azot nitrat anioni (NO3) shaklida bo‘ladi. Eng muhim tuzlari — NaNO3, Ca (NO3)2 fiziologik ishqoriy reaksiyaga, nordon tuproqlarda yuqori samaradorlikka ega. Nitrat shakldagi azotli o‘g‘itlar tuproq qatlami bo‘ylab tez tarqaladi. Shuning uchun ham ko‘p ishlatiladigan selitra -ammoniy nitrat o‘g‘itini kuzgi shudgor qilishda tuproqqa solish tavsiya qilinadi. Chunki tez yuvilib ketadi.. Azotniig tez eriydigan nitrat tuzlari samaradorligi ekinlarning vegetatsiya davrida ishlatilganda yuqori darajaga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |