Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


O‘simlik tomonidan azotning o‘zlashtirilishi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə106/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   203
majmua

3.O‘simlik tomonidan azotning o‘zlashtirilishi.

Nitratlarning o‘zlashtirilishi bir necha bosqichdan iborat: Bu reaksiyalar natijasida hosil bo‘lgan ammiak o‘simliklarda to‘planmay, aminokislotalar hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Tuproq tarkibidagi kation - NN4 boshqa manfiy zaryadlangan zarralarga tez adsorbsiyalanadi va shuning uchun ham harakatchanligi juda sust bo‘ladi. Ular kam yuviladi va natijada tuproqda to‘planadi. Bu kationlarni o‘simliklar osonlik bilan o‘zlashtiradi. CHunki ular tezlik bilan organik moddalar tarkibiga o‘tishi mumkin. Bu jarayonni Pryanishnikov (1892) oqsil birikmalarining parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan azot formalarini hisobga olish bilan kuzatgan. Umuman, ammoniy tuzlari holatida o‘zlashtirilgan yoki nitratlarning qaytarilishi natijasida hosil bo‘lgan ammiak kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, aminokislotalar hosil qiladi: Pirouzum kislota bilan ammiak o‘zaro reaksiyaga kirishib, alanin aminokislota hosil bo‘ladi: pirouzum kislota alanin aminokislota Fumarat kislota bilan ammiakning birikishidan aspartat aminokislota hosil bo‘ladi. SHunday qilib, tuproqdagi ammoniy tuzlaridan yoki nitratlarning qaytarilishi natijasida olingan ammiakning ishtirokida faqat uchta aminokislota: aspartat, alanin va glutamat hosil bo‘ladi. O‘simliklardagi qolgan aminokislotalar shu uchta aminokislotadan qayta aminlanish natijasida hosil bo‘ladi. Qayta aminlanish reaksiyalari 1937 yilda A.E. Braunshteyn va MT. Kritsman tomonidan ochilgan edi. YA’ni fermentlar ishtirokida amino guruhlarning bir molekuladan ikkinchi molekulaga o‘tkazilishi natijasida yangi aminokislotalar hosil bo‘ladi: Umuman, o‘simliklarda qayta aminlanish tirik to‘qimalarda aminokislotalar hosil bo‘lishining bosh usulidir O‘simliklar faqat ammoniy tuzlari solingan eritmada o‘stirilganda NN4 kationi ildizlarda yoki o‘zlashtiriladi va amidlarga aylanadi. Hosil bo‘lgan aminlar ildiz shirasi tarkibida o‘simliklarning yer usti qismlariga tarqaladi. Dastlab D.A.Sabinin va keyinchalik akademik AL.Kursanovning ko‘rsatishicha, ildiz tomonidan qabul qilingan ammoniy kationining tezlik bilan o‘zlashtirilishi ildiz tizimining ham faol hususiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Umuman, ildizlarda aminlanish va qayta aminlanish jarayonlari natijasida 25 dan ortiq azot birikmalarining hosil bo‘lishi aniqlangan. Demak, ammoniy kationi glikoliz va Krebs siklida hosil bo‘lgan organik kislotalar bilan ildizlarda yoki reaksiyaga kirishadi va aminokislotalar yoki amidlar holida yer usti qismlariga tarqaladi. O‘simliklar nitratlar bilan oziqlanganda esa qabul qilingan anion (R4O3) barglarda o‘zlashtiriladi. Bu jarayonda akseptorlik vazifasini fotosintez va yorug‘likda nafas olishning birlamchi mahsulotlari bajaradi. Umuman, yashil o‘simlnklarda azot ishtirokida hosil bo‘lgan oqsillarning miqdori 80-95 foiz, nuklein kislotalar 10 foiz, aminokislotalar va amidlar 5 foizni tashkil etadi. Oqsillarning ko‘pi fermeitlardan iborat bo‘lib, o‘simliklardagi metabolitik jarayon reaksiyalarining tavsifini belgilaydi. Oqsillar zaxira holda ham to‘planadi. Bulardan tashqari azot fosfolipidlar, koenzimlar, xlorofillar, fitogormonlar va boshqa birikmalarning ham tarkibiga kiradi. SHuning uchun azot boshqa mineral elementlarga nisbatan bir necha baravar ko‘proq o‘zlashtiriladi. Agar tuproqda azot etmasa, o‘sish sekinlashadi, barglar maydalashib, sarg‘aya boshlaydi, ildiz tizimi harakatlanadi, gullar va yosh meva tugunlari to‘kila boshlaydi. Azot juda kam bo‘lsa, o‘simliklar qurib qoladi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin