GLIOKSILAT SIKLI.Bu sikl 1957 yilda birinchi marta G.L.Korenberg va G.A.Krebs tomonidan bakteriyalar va mog‘or zamburug‘larida aniqlangan edi. Keyinchalik aniqlanishicha, u moyli o‘simliklarning unayotgan urug‘larida va zaxira yog‘lar, shakarlarga aylanishi kerak bo‘lgan organlarida sodir bo‘lar ekan. Glioqsilat sikli hujayradagi maxsus organoid glioksisomalarda sodir bo‘ladi. Mitoxondriyalarda, shuningdek, xayvon hujayralarida ham bu sikl bo‘lmaydi. Glioksilat sikli asosan moyli o‘simliklarning nafas olishidagi aerob bosqichida Krebs sikli o‘rnida sodir bo‘ladi. Chunki u Krebs siklining ma’lum miqdorda o‘zgargan yo‘lidir.