KISLORODNING MIQDORI. Nafas olish jarayoni uchun kislorodning miqdori eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Havo tarkibidagn kislorod (21 foiz) o‘simliklarning erkin nafas olishigatla etarli bo‘lib, hatto uning miqdori 9 foizgacha kamaysa ham o‘simliklarga zararli tasir qilmaydi. Faqat atmosferada kislorod miqdori 5 foizga tushgandan so‘nggina uning yetishmasligi sezila boshlaydi. O‘simlik to‘qimalaridagi kislorod miqdori atmosfera tarkibidagi kisloroddan kamroqq bo‘lib, o‘zgarib turadi. Masalan, qand lavlaginiig barg to‘qimalarsda bu ko‘rsatkich miqdori bir kecha-kunduz davomida 7,1 foizdan 17,4 foizgacha o‘zgaradi. Demak, atmosferadagi kislorod o‘simliklar uchun to‘la etadi.Ammo ildiz tizimi joylashgan tuproqda tez-tez kislorod yetishmaslik hollari sodir bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, tuzilmasi buzilgan, chirindi (gumus) moddalari kam, suv bosib, uzoq muddatga saqlanib qolgan qatqaloq hosil bo‘lgan yerlarda kislorodning tuproq zarrachalari orasiga kirib turish jarayoni buziladi va ildizlar uchun anaerob sharoit yuzaga keladi. Ildiz tizimi joylashgan tuproq muhitida kislorodning yetishmasligi aerob nafas olish o‘rniga bijg‘ish jarayonini faollashtiradi va natijada zaxira organik moddalar ko‘proq sarflanadi. Oraliq moddalar sifatida spirtlar ajralib to‘planib, o‘simlik ildizlari chiriy boshlaydi. Bu uzoqroq davom etsa, o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishi. Hosildorligi keskin kamayadi va hatto o‘simlik o‘lishi ham mumkin. SHuning uchun bunday yerlarga qo‘shimcha ishlov berish, ya’ni tuproqni yumshatish, qatqaloqa yo‘l qo‘ymaslik, o‘g‘itlash (organik va mineral) zarur.