Tigmonastiyalar. Ushbu holat yuqoriga o'rmalovchi o'simliklarga xos harakatdir. Tigmonastiya xos o'simliklarning uchki gajaklari (muylovlari) faqat biron bir narsaga tegsagina harakatlanadi. Masalan u yomg'ir tomchilariga yoki shisha tayoqchalarga nisbatan umuman reakfsiya ko'rsatmaydi. Ammo jun ip yoki ishqalanish hosil qiluvchi narsalarga nisbatan hatto ta’sir juda kichik bo'lsa ham tezda javob reaktsiyasini beradi. Masalan no'xot gajaklari 0,25 mg massali quzg'atuvchiga nisbatan ham javob reaktsiyasini berishi mumkin. Ushbu og'irlikdagi quzg'atuvchini sut emizuvchilar terisi sezmaydi ham.