Fotonastik harakat. Bu o'simliklarda yorug'likning o'zgarib turishi natijasida paydo bo'luvchi harakatlanishdir. Ko'pchilik kunduzgi o'simliklarda yorug'lik kamayishi bilan ularning gullari yopiladi, ayrimlarida esa kechasi ochiladi. Masalan, nilufar va qoqio't o'simligining gullari faqatgina yorug'likda ochiladi.
Termonastik harakatUshbu harakat haroratning o'zgarishi natijasida hosil bo'ladi. Masalan, yopiq lola guli issiq xonaga (25 C) olib chiqilsa tezda ochiladi.
Ko'pchilik gullar haroratning 2°C o'zgarishiga ham reaktsiya qiladi.