Aylanma nutatsiya harakatlari. Nutatsiya (lotincha nutatio-tebranish, silkinish) o'simlik organlarining aylanma yoki tebranma harakati bo'lib ayrim hollarda muxtor xarakterga ega. Masalan daraxt uchlari novdalari silkinib tebranib turadi va buning natijasida ular daraxtning tanasiga nisbatan tebranadi. Xuddi shu holat ildizlarning o'sishida ham kuzatilishi mumkin. Harakatlanishning ushbu tipi aylanma nutatsiya deyiladi. O'simliklar poyasi va ildizlari o'sishining aylanma nutatsiyalari asosida avtotropizm va gravitatsion maydondagi getropik korrektirovka yotadi.