O‘SIMLIKLARNI YUQORI VA PAST HARORATGA CHIDAMLILIK XUSUSIYATLARI.
1.O‘simliklarni issiqlikka chidamliligi
O'simliklarning issiqqa chidamliligi, ularning yashash sharoitiga moslashishining natijasi ekanligi, hujayradagi fizik-kimyoviy o'zgarishlarning sodir bo'lishi, suv formalari nisbatining buzilishi, qurg'oqchilikda, o'simliklarni asosan suvsizlanishga chidashi, bunda moddalar almashinuvini keskin buzilishi, o'sish jarayonini to'xtashi va hosildorlikni kamayishi, qurg'oqchilikka chidamlilikni oshirish usullarni amaliyotga qo'llash masalalari har tomonlama tahlil qilinadi.
O'simliklarni tabiatda tarqalishi ularning irsiyati bilan belgilanadi. O'simliklarni irsiy xususiyatlari ma’lum bir areal chegarasida ularning topografik joylashishini belgilaydi. Masalan, namga talabchan o'simliklar suv havzalariga yakin joyda o'ssa, soyaparvar o'simliklar daraxtlar tagida joylashadi. Shuningdek tashqi muhit omillarining o'simliklar irsiyatiga ta’siri natijasida, ularda xilma-xil ekologik xususiyatlar paydo bo'ldi. O'simliklarni tashqi omillariga yuqori va past haroratga, qurg'oqchilikka, sho'rga, ortiqcha namlik va boshqa omillarga chidamliligining namoyon bo'lishi, yashash sharoitiga moslashishi natijasi hisoblanadi.
O'simliklar fiziologiyasida, o'simliklarning chidamdiligini har tomonlama o'rganish va bilish nafaqat nazariy, balkim, amaliy ahamiyatga ega masalalardan hisoblanadi
Dostları ilə paylaş: |