Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə187/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   203
majmua

Poykilokserofitlar. Bularga lishayniklar misol bo'ladi. Ular o'zlarida suv almashinuvini idora qila olmaydilar va ko'proq suv etishmagan hollarda tinchlik holatiga o'tishadi ya'ni anabioz xolatga. Qurib qolish davrini o'zlari uchun bezarar o'tqaza oladilar.

Efimer o'simliklar. Ularning rivojlanish davri qisqa bo'lib, asosan yil fasllarining yomg’irli vaqtlariga to'g’ri keladi. Bu bilan ular qurg’oqchilik joylarda o'sishga moslashadilar.

Atoqli fiziolog A.A.Maksimovning fikricha (1953) kserofit o'simliklar va ularning qurg’oqchilikka chidamli turlari suvsizlikni sevuvchi emas. Agar kserofit o'simliklarni ham muqobil suv bilan ta'minlasak ularda kuchli o'sish va rivojlanish kuzatiladi. Kserofit o'simliklarning qurg’oqchilikka chidamliligi esa ularning suv yo'qotishga moslanishidir. Mezofit o'simliklar ham qurg’oqchilikka moslashishi mumkin.

V.R.Zelenskiy (1904) o'simlikda joylashgan barglarning anatomik tuzilishini o'rganib shunday xulosaga keldiki, barg qanchalik poyada balant joylashgan bo'lsa uning hujayralari shunchalik mayda bo'ladi. Shuningdek balantda joylashgan barglarda parenxima kuchli rivojlangan bo'ladi hamda bir birlik maydonda barg og’izchalarning soni ko'p bo'ladi, ammo ularning o'lchami kichik bo'ladi. O'simlik poyasidagi barglardagi bu holat Zelenskiy qonuni deyiladi.

Shuningdek o'simlik poyasidagi barglar qanchalik balandda joylashgan bo'lsa ular shunchalik ko'p suv bilan yomon ta'minlanadi, ayniqsa baland o'simliklarda. Ammo balandda joylashgan barglarda suv bug’lanish pastroqda joylashgan barglarga nisbatan kuchliroq bo'ladi.

O'simlikning yuqori shohlarida joylashgan barglardagi barg og’izchalari suv etishmagshan holatda ko'proq ochiq holda bo'ladi. Bu holat bir tomondan fotosintez jarayonini qo'llab tursa, ikkinchi tomondan hujayra shirasi konsentratsiyasining oshishiga ta'sir qiladi. Bu esa o'z navbatida yuqorida joylashgan barglarning, pastda joylashgan barglar tarkibidan suvni tortib olishiga olib keladi. Yuqoridagi holatlar ko'pgina kserofit o'simliklar barg tuzilishiga xos bo'lganligi sababli bu tuzilish kseromorf tuzilish deb ataladi.

Demak barglarda kseromorf tuzilishning vujudga kelishi bu suv tanqisligiga nisbatan barglarda yuzaga kelgan anatomik moslanishdir. Bu moslanish barglarning reduktsiyasi, qalin kutikula, barglarning osilgan holda bo'lishi, barg og’izchalarining chuqurlashishi bilan birgalikda o'simliklarning suv tanqisligiga ma'lum miqdorda moslashuviga va chidamligiga olib keladi.



Qurg'oqchilik. Kuchli quyosh nurlari sharoitida yuqori issiqlikda uzoq vaqt yog'ingarchilik bo'lmagan holda kelib chiqadi. Ko'pchilik hollarda qurg'oqchilik havo muhitida namning kam bo'lishidan kelib chiqadigan atmosfera qurg'oqchiligidan kelib chiqadi. Agar bu holat uzoq muddat davom etsa, tuproq qurg'oqchiligi kelib chiqadi. Garmsel vaqtida esa tuproq qurg'oqchiligi yuz bermasligi mumkin.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin