Haqiqiy kserofitlar. Ularga shuvoq, itgunafsha va boshqalar misol bo'la oladi. Bu o'simliklarga hos xususiyatlaridan barglarinig nisbatan kichik bo'lishi hamda ularning erga osilib turishini ko'rsatish mumkin. Shuningdek haqiqiy kserofitlar issiqqa chidamli bo'lib barglarning suv bug’lantirish darajasi past bo'ladi. Shuningdek ular kuchli suvsizlanish holatiga chidamli bo’lib, hujayralarida osmotik bosim yuqori bo'ladi. Ildiz sistemasi uncha chuqurga kermagan holda bo'lib keng tarqalgandir.
Kserofitsimonlar. Bu tipga kserofitlarga yarim o'xshash o'simliklar kiradi. Masalan marmarak va boshqa o'simliklar. Ularda suv bug’lantirish xossasi juda kuchli bo'lib, bu o'z navbatida juda kuchli ildiz sistemasi orqali vujudga keladi va ushlab turiladi. Ayrim hollarda kserofitsimon o'simliklar ildizi er osti suvlariga etib boradi. Bu o'simliklarga xos xususiyatlardan ularning suvsizlikka va havo qurg’oqchiligiga chidamsizligini ko'rsatib o'tish mumkin.
Cho'l kserofitlar. Bu tipga cho'l boshoqli o'simliklari, jumladan bedacha ko'z va boshqalar kiradi. Bu o'simliklar havoni haddan tashqari isib ketishiga chidamli bo'lib, yozgi yomg’ir suvlaridan juda yaxshi foydalanadilar. Ammo ular faqat qisqa tuproq qurg’oqchiligiga dosh bera oladilar.