Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə184/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   203
majmua

Cho’lkserofitlari- Bular cho'llarning boshoqli va kovil kabi o'simliklaridir. Ushbu o'simliklar qisqa muddatli yomg'irlardan yaxshi foydalanadi va qizib ketishga chidamlidir. Ammo faqatgina tuproqda qisqa muddatli suv tankisligiga chidamlidir xolos.

Poykilokserofitlar-o'zlarining suv rejimini boshqara olmaydigan o'simliklardir. Ular yuqori haroratda qizishi ammo yoz yomg'irlaridan so'ng yana jonlanib faol hayot kechirishi mumkin. Bu o'simliklarga biz lishayniklarni misol qilib ko'rsatishimiz mumkin

Gigrofitlar. Bu o'simliklar hujayralarida suv sarflanishini chegaralovchi moslamalar bo'lmaydi. Hujayralari katta bo'lib, yupqa devorli qobiq va yupqa kutikula bilan qoplangan. Barglarining sathi katta, ammo og'izchalar yirik bo'lsada son jihatidan kamrok. Kutikulyar transpiratsiya yuqori, poyasi uzun, ildizlari yaxshi rivojlanmagan. Tuproqda ozgina suv yetishmasligi ham ularning tezda so'lishiga olib keladi. Bularga mannik, mox va boshqa shunga o'xshash o'simliklar kiradi.

Mezofitlar. Bular ko'pchilik hollarda o'rta yani oraliq o'simliklar ham deb yuritiladi. Ular asosan namlik yetarli bo'lgan sharoitlarda o'sadi. Hujayra shirasini osmotik bosimi 1-1,5 MPa atrofida bo'lib suv yetishmasligida oson so'liydi. Ularga yaylovlarda o'suvchi boshoqli o'simliklar va dukkakli o'tlar vakillari kiradi.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin